Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

«Neftchi» RPL klubini mag‘lub etdi

«Neftchi» RPL klubini mag‘lub etdi

Baho:
+ | -

Xabar berib o‘tganimizdek, Turkiya yig‘inlari yakunida bugun Vitaliy Levchenko shogirdlari ikkita o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga chiqishadi. Ulardan birinchi o‘yin Rossiyaning "Krilya Sovetov" klubiga qarshi kechdi.

Bosh murabbiy mazkur bahsga asosan zaxirada qolib ketayotgan va o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmagan futbolchilarga imkon yaratib berdi va ular taqdim etilgan ishonchni to‘laligicha oqlashga erishdilar desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Birinchi bo‘limning o‘zida Murod Bobojonov, Umar Adhamzoda va yosh hujumchi Doniyor Valiyevlar tomonidan kiritilgan ajoyib gollar jamoamiz ustunligini ta’minlab berdi 3:0.

Ikkinchi bo‘limda ham faol o‘yin namoyish etgan o‘zbekistonliklar himoyada bir qator xatoga yo‘l qo‘yganliklari natijasida, jarima to‘pi belgilandi va raqiblar standart vaziyatdan ikkita to‘p kiritishga muvaffaq bo‘lishdi. Lekin uchrashuvning qolgan qismida «Neftchi» bexato o‘ynab, Rossiya Premyer-ligasi vakillarini 3:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Nazorat o‘yini
"Neftchi" - "Krilya Sovetov" (Rossiya)  3:2
Gollar: M.Bobojonov, 7 (1:0), U.Adhamzoda, 32 (2:0), D.Valiyev, 44 (3:0)- Soldatenkov, 63 (3:1), Xubulov, 77 (3:2).
"Neftchi": Akbar To‘rayev,  Rahmonjon Ro‘ziyev, Nodirxon Ne’matxonov,  Muhsin Ubaydullayev,  Umar Adxamzoda,  G‘ulomhaydar G‘ulomov,  Abdulloh Olimov,  Sunnatilla Abdullajonov, Izzatilla Abdullayev, Doniyor Valiyev,  Murod Bobojonov.
Zaxiradagilar:  Shuhratillo Rahmonov, Ulug‘bek Hoshimov, Zoir Jo‘raboyev, Fahriddin Muhammadov, Fozil Musayev.
Bosh murabbiy: V.Levchenko

Eslatib o‘tamiz, bugun soat 19:00 da ikkinchi o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Raqib — Qozog‘iston Premyer ligasi vakili "Jetisu" jamoasi.

"Neftchi" PFK matbuot xizmati.

Manba: https://t.me/pfcneftchi_uz
Kiritildi: 17:49, 16.02.2023.
O'qildi: 2074 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик