"Milan" futbolchisi Aleksis Salemekers jamoasining joriy Chempionlar ligasidagi o‘yinlariga baho berdi.
"Biz Chempionlar ligasi finaliga chiqishga qodirmiz. O‘zimizni hech qanday chegara bilan cheklamasligimiz kerak. "Milan" - juda ambisiyali klub va bu yerda o‘z oldiga bunday maqsadlar qo‘yish odatiy hol", - deya qanot hujumchisining so‘zlarini keltiradi jurnalist Alfredo Pedulla.
Aleksis Salmekers Chempionlar ligasining joriy mavsumida uchta uchrashuvda ikkita gol urdi.