Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

«Antalyaspor» prezidenti: «Qardosh mamlakat futboli bilan do‘stona aloqalarni o‘rnatish biz uchun faxr»

«Antalyaspor» prezidenti: «Qardosh mamlakat futboli bilan do‘stona aloqalarni o‘rnatish biz uchun faxr»

Baho:
+ | -

“Andijon” klubining Antaliya yig‘ini mobaynida Turkiya Superligasida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan jamoalaridan biri – “Antalyaspor” bilan hamkorlik qilish bo‘yicha 5 yillik shartnoma imzolangani xususida ma’lumot berib o‘tdik.

Mazkur kelishuvdan ikki tomon ham juda manfaatdor. Ayniqsa, “Antalyaspor” klubi prezidenti janob Aziz Chetin ham jamoamiz bilan hamkorlikni to‘la qo‘llab-quvvatladi. Barchasi rasmiylashtirilgach, “Antalyaspor” prezidenti “Andijon” matbuot xizmati uchun biroz vaqt ajratdi.

— “Andijon” jamoasining “Antalyaspor” bilan o‘zaro hamkorlik shartnomasini imzolashi o‘zbek hamda turk futboli tarixida ilk bor ro‘y bermoqda. Bu kelishuvga rozi bo‘lishingizga avvalo nima turtki berdi va bundan nima kutyapsiz?
— O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi madaniyatlarimiz deyarli bir xil, biz qardoshlarmiz. Bu bizning siyosatimizni bir qismi. O‘zbekiston Osiyoning markazida joylashgan. O‘zbekiston bilan qardoshligimiz va madaniyatimizning o‘xshashligi bor va biz barchasini o‘rganib chiqdik. Klub ham o‘ziga yarasha tarixga ega ekan. Mana, endi yaxshi niyatlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yyapmiz. Biz dunyoning turli burchaklarida klubimizning filiallarini ochganmiz va hamkorlik ishlarini yo‘lga qo‘yganmiz, masalan, Argentina, Kosovo, Janubiy Afrika, Belgiya, Kiprda. Ammo Osiyo futboli bozori bo‘yicha o‘ylanib turgandik. Sizlardan taklif kelib qoldi va bunga mamnuniyat bilan rozilik bildirdik. Qardosh mamlakat futboli bilan do‘stona aloqalarni o‘rnatish biz uchun faxr.

— Ijobiy fikrda ekaningizdan mamnunmiz va ayting-chi, o‘zbek futboli haqida qanchalik tasavvurga egasiz?
— Har doim skautlarimiz o‘zbek futbolini ham kuzatib yurishadi. Shu bois O‘zbekiston futboliga hamma vaqt e’tibor qaratib yuramiz. Bizda ozarbayjonlik va tojikistonlik yoshlar ham bor. O‘zbekistonda ham ajoyib iqtidorlar borligini bilamiz. Umuman, O‘zbekiston futboli nafaqat Markaziy Osiyoda, balki butun qit’ada ham kuchli hisoblanadi. Yurtingiz o‘yinchilariga qiziqishlarimiz bor. Shu sababli ham biz ushbu hamkorlikka rozilik bildirdik. Mana, “Andijon” klubi rahbari bizni O‘zbekistonda o‘tadigan U-20 Osiyo chempionatiga taklif qildi. Ferda Ramanli boshchiligidagi guruhimizni Afrikada o‘tadigan qit’a chempionatiga yuborsak, Erdem Erdal boshchiligidagi vakillarimiz esa Toshkentga borishadi.

— 2024 yili “Andijon” klubining yubiley 60 yilligi nishonlanadi. Klub rahbariyati esa siz boshchiligingizdagi “Antalyaspor”ni mazkur yubiley tadbiri uchun o‘rtoqlik uchrashuviga taklif qilmoqda. Chindan ham Andijonga kelish rejasi bormi?
— Xudo xohlasa boramiz. Axir biz hamkorlikni yo‘lga qo‘ydik. Shunday ekan, borishga harakat qilamiz. Bizning homiyimiz “Corendon Airlines” aviakompaniyasi hisoblanadi. Odatda biz qayerga borsak ham o‘zimizning samolyotda parvoz qilamiz va Andijonga ham shaxsiy samolyotimiz orqali yetib boramiz.

"Andijon" matbuot xizmati.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 22:35, 18.02.2023.
O'qildi: 1820 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик