Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

"Chelsi" Grem Potterni nega ishdan haydamayapti? Buning sababi ma’lum

"Chelsi" Grem Potterni nega ishdan haydamayapti? Buning sababi ma’lum

Baho:
+1 | -

Londonning "Chelsi" klubi Grem Potter boshchiligida bu mavsum davomida dahshatli davrni boshdan o‘tkazmoqda. Ammo klub egalari bo‘lgan Todd Byoli va Bexdad Iqbolilar Potterni iste’foga chiqarmoqchi emas. Ingliz mutaxassisining so‘nggi 14 o‘yinda 2 ta g‘alaba, 6 ta mag‘lubiyat qayd etgani ham bunga asos bo‘lolmadi.
Telegraph nashriga ko‘ra, "Chelsi" rahbariyatida Grem Potterni jamoada saqlab turish uchun bir qancha sabablar mavjud.

Avvalo, sobiq "Brayton" murabbiyi Tomas Tuxeldan jamoani qabul qilib olganida, tarkibda anchagina jarohat olgan futbolchilar bor edi. Klub rahbariyati buni tushungan va tibbiy xodimlarga futbolchilar bilan individual ishlashni buyurgan.
Bunga misol tariqasida "Sautgempton"ga qarshi bahsni keltirish mumkin. Masalan, o‘sha mag‘lubiyatda jarohatlari sababli Ris Jeyms va Tiagu Silva tarkibga kiritilmagandi. Kay Xaverts, Raxim Sterling va Mixail Mudriklar kichik jarohat muammosi bilan o‘yinni zaxira o‘rindig‘idan boshlagan. Ayrim muxlislar esa Potterni qo‘rqoqlik va noloyiqlikda ayblamoqda.

Asliyatda hammasi boshqacha. Byoli va Iqboli Potterning ahvolidan yaxshi xabardor. Murabbiy kiyinish xonasi va alohida uchrashuvlarda futbolchilar bilan suhbatlar o‘tkazib, vaziyatni tushuntirishga harakat qilayapti. Rahbariyatga yoqqan tarafi, Potter muvaffaqiyatsiz o‘yinlarida hech qachon aybni birovga ag‘dargani yo‘q. Masalaning yana bir tomoni bor. Sentyabr oyida Potter katta tavakkal qilib, "Brayton"dagi tinch va barqaror hayotidan "Chelsi"ga, Tuxel qoldirib ketgan tartibsizliklar ichiga kelgandi. Ushbu omilni ham rahbariyat yodida tutadi. Qo‘shimchasiga, Byoli Roman Abramovichdan "Chelsi"ni sotib olayotganida qayta qurish rejasini kiritgan va bu qiyinchiliklarsiz bo‘lmasligini bilardi.

Amerikalik biznesmen avvalboshda bu jarayonlar kamida bir yil vaqt olishini, shuningdek, tarkibni kuchaytirishga 3 ta tranfser oynasi kerak bo‘lishini taxmin qilgan. Endi uning murakkabliklariga ham chidashi lozim. Shu sababdan Potter variantidan hali ham kechilmadi. Agar unga yana vaqt berilsa, yanvardagi xaridlar astalik bilan o‘z foydasini berishni boshlaydi. Byoli bu masalada "Manchester Siti"ni yaqqon misol sifatida ko‘radi. Pep Gvardiola jamoani o‘ziga moslaguniga qadar bir yil vaqt ketgandi. Keyin esa chempionlik davri boshlangan.

"Chelsi" ayni damga kelib, kubok bahslarini tark etgan holda APLda 10 o‘rinni band etib turibdi. Klub YECHLning nimchorak final bosqichida "Borussiya Dortmund"ga to‘qnash keldi va birinchi davrani kichik hisobda boy berdi. Tez orada javob uchrashuvi bo‘lib o‘tadi va unda g‘alaba suv va havo kabi zarur. Bunda yanvar oyida 330 million funtga xarid qilingan futbolchilardan ko‘p narsa kutiladi.

 

 

 


ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 08:22, 21.02.2023.
O'qildi: 5307 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.