"Ayntraxt" yarim himoyachisi Daichi Kamada faoliyatini Dortmundning "Borussiya"sida davom ettiradi, deya xabar beradi jurnalist Fabrisio Romano.
Manba bergan xabarga ko‘ra, 26 yoshli yaponiyalik yana 3 ta klub qiziqayotganiga qaramay, Dortmundliklar bilan 5 yillik shartnomaga kelishib olgan. Futbolchi yozda erkin agent sifatida jamoaga qo‘shiladi.
Kamada joriy mavsumda “Ayntraxt” safida 30 ta o‘yinda maydonga tushib, 13 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali futbolchining narxini 30 million yevroga baholamoqda.