Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/09 00:30 Malaga 1-3 Vilyarreal
18/09 11:30 Filippin 0-2 Vyetnam
18/09 15:00 O‘zbekiston 2-0 Kuvayt
18/09 15:30 Saudiya Arabistoni 2-0 Qatar
18/09 23:45 Monsa - Sassuolo
19/09 00:00 Espanyol - Elche
19/09 00:00 Brentford - Chelsi
19/09 16:30 Tottenhem - Aston Villa
19/09 17:00 Osasuna - Rayo Valyekano
19/09 18:00 Mash’al - Paxtakor
19/09 18:00 Bolonya - Torino
19/09 18:00 Udineze - Kalyari
19/09 19:00 Brayton - Arsenal
19/09 19:00 Everton - Ipsvich
19/09 19:00 Nyukasl - Xall Siti
19/09 19:15 Atletik Bilbao - Alaves
19/09 20:15 Bunyodkor - Buxoro
19/09 21:00 Roma - Inter
19/09 21:30 Selta - Rasing
19/09 21:30 Nottingem Forest - Koventri Siti
19/09 23:45 Venetsiya - Lasio
20/09 00:00 Sevilya - Barselona
20/09 10:00 Eron - Xitoy
20/09 12:00 Gonkong - Tailand
20/09 15:00 KXDR - BAA
20/09 15:30 Fiorentina - Napoli
20/09 15:30 Yaponiya - Qirg‘iziston
20/09 17:00 Xetafe - Malaga
20/09 17:15 Andijon - Nasaf
20/09 18:00 Surxon - Qo‘qon-1912
20/09 18:00 Frozinone - Komo
20/09 18:00 Parma - Jenoa
20/09 18:00 Bornmut - Liverpul
20/09 18:00 Lids - Kristal Pelas
20/09 18:00 Manchester Siti - Sanderlend
20/09 19:00 So‘g‘diyona - OKMK
20/09 19:15 Atletiko - Real Madrid
20/09 19:30 Lokomotiv - Neftchi
20/09 20:30 Fulhem - Man. Yunayted
20/09 21:00 Yuventus - Atalanta
20/09 21:30 Deportivo - Betis
20/09 21:30 Vilyarreal - Levante
20/09 23:45 Milan - Lechche
21/09 00:00 Valensiya - Real Sosyedad

Angliya liga kubogi «MYU» uchun qanday ahamiyatga ega?

Angliya liga kubogi «MYU» uchun qanday ahamiyatga ega?

Baho:
+ | -

Yurgen Kloppning ilk mavsumidagi bir o‘yin ko‘p eslanadi. «Vest Bromvich» bilan. «Enfild»da o‘tgan uchrashuvda mehmonlar 2:0 hisobida oldinga chiqib olishadi. Ammo so‘nggi daqiqalarda «Liverpul» o‘yinni qutqarib qoladi - 2:2.

Yurgen Klopp o‘sha durangni muxlislari bilan shunday nishonlaydiki, ko‘pchilikning ensasi qotgani tabiiy: bir durangga shunchami? Kloppni «Liverpul» nega olib kelgandi o‘zi, tavba...

Lekin gap durang yo ochkoda emasdi. Shu tariqa Klopp shogirdlariga bir narsani uqtirgan - «Hech qachon mag‘lubiyatni tan olmang. Qog‘ozdagi ochko emas, maydonda bajarilgan vazifa sizga kayf bersin». Ha, agar bu tomondan olib qarasa, 0:2 ni 2:2 ga aylantirish zo‘r voqea. Amalga oshirilgan qiyin vazifa. Arziydi.

Bu xarakter keyin ham yordam berdi, masalan o‘sha mavsumning o‘zida «Borussiya» bilan o‘yindan boshlanib, keyinroq, «Barselona» bilan kambekni eslang. Agar harakat qilsak, qo‘limizdan kelmaydigan ish yo‘q - bu «Liverpul»ning shioriga aylanib qoldi.

Erik ten Xagning «MYU»si katta haftani o‘tkazdi. Avval «Barselona» ustidan Yevropa Ligasidagi g‘alaba, endi finalda «Nyukasl» mag‘lub etildi.

Bir qaraganda, Yevropa Ligasi, Liga kubogi... Nafaqat kichikroq, balki top klublar ustidan biroz mazax qilinadigan turnirlar. Ammo bu o‘yinlar shu qadar muhim ediki, agar jamoa qandaydir yo‘lning boshida turgan bo‘lsa, «Barselona»ni yutish top o‘yinlarga qo‘shimcha ishonch, Liga kubogi esa, kattaroq sovrinlarni yutishga to‘rtki bo‘ladi, axir bu tarkibda De Xea, Shou va Reshforddan boshqa hech kim Angliyada turnir yutmagan. Beixtiyor Fergyusonning «biz «Siti»ga APLni yutishga imkon bermasligimiz kerak, agar mazasini bilib qolishsa, keyin ularni to‘xtatib bo‘lmaydi» degan gapi yodga tushadi. Bu xavotir naqadar to‘g‘ri bo‘lganini hozir ko‘rib turibmiz...

Xullas. Liga Kubogi kichik turnir. Lekin ba’zida mana shunaqa kattalashib ketadi. Xuddi mashhur kinoda Ayyubiyning Quddusga bergan ta’rifi kabi:

«Hech narsa... Ayni damda hamma narsa!»

Qahramon Aslanov

Manba: https://t.me/aslanov_futbol
Kiritildi: 09:00, 27.02.2023.
O'qildi: 3310 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик