Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

"Manchester Yunayted" qaytdi(mi?) yoxud klubning muvaffaqiyatlari siri nimada?

"Manchester Yunayted" qaytdi(mi?) yoxud klubning muvaffaqiyatlari siri nimada?

Baho:
+ | -

"MYU" kecha Angliya liga kubogi finalida "Nyukasl"ni mag‘lub etib(0-2), o‘zining so‘nggi olti yildagi ilk sovrinini qo‘lga kiritgandi. Jamoa o‘tgan mavsum oxirida juda og‘ir ahvolda edi. Ammo Erik ten Xagning murabbiylikka tayinlanishi, hammasini tubdan o‘zgartirdi. Qolaversa, bir nechta transferlar, xususan, Kazemiro va Lisanro Martines, jamoaning saviyasini ancha oshirib berdi. "MYU"ning ilk tituli bahonasida, jamoaning bu mavsumdagi muvaffaqiyatlari siri nimalardan iborat ekanini bilib olamiz.

Erik ten Xag

2022 yilning may oyida ten Xag jamoaning yangi murabbiyi deya e’lon qilinadi. O‘sha paytda "Old Trafford"dan ko‘ra qayg‘uliroq joy yo‘q edi, go‘yo. Ammo niderlandiyalik mutaxassisning aqli va harakatlari bilan klub jarlik yoqasidan chiqib oldi. Bemalol aytish mumkinki, ten Xag yaxshi natijalarning birinchi ta’minotchisidir.

Krishtianu Ronalduning ketgani

Ko‘pchilik Ronaldu himoyasiga otlangan edi. Ammo statistikalar portugaliyalikning "MYU" natijalari va jamoadoshlariga qanchalik yomon ta’sir ko‘rsatayotganini ochib berdi. Ronaldu sabab 2021-22 yilgi mavsumda "Manchester Yunayted" 2 o‘rindan, mavsum oxirida 6 o‘ringa tushib qoldi. Yangi mavsumda ten Xag Ronalduning bu salbiy ta’siridan, hujumchini asosiy tarkibga kiritmaslikda foydalandi. Ronaldu esa o‘z g‘azabini bosh murabbiyga sochdi. Uning Pirs Morgan bilan uyushtirgan intervyusi so‘nggi chegara edi. Ronaldu jamoadan ketdi va hammasi o‘zgardi.

O‘z darajasiga qaytgan futbolchilar

Reshford ayni damda Yevropaning eng mahsuldor hujumchilaridan biri bo‘lib turibdi. Brunu Fernandesh ham o‘zining ikki yil oldingi holatiga qaytib oldi. Ten Xag, hattoki Diyegu Dalot va Uan-Bissaka kabi futbolchilarni ham o‘nglay oldi. Bu esa jamoa natijalarida muhim ro‘l o‘ynamoqda.

Chempionlik poygasi

Agarda avgust oyida, kimgadir "MYU" fevralga qadar chempionlik uchun kurashadi deganingizda, sizning ustingizdan kulishgan bo‘lardi. Mavsumning dastlabki ikki bahsini boy bergan jamoa, tezda oyoqqa turdi. Ayni damda ten Xag jamoasi "Manchester Siti"ni qattiq ta’qib qilmoqda. Agarda "Arsenal" ochko yo‘qotsa, "MYU"da katta imkon tug‘iladi. Harxolda, mayga qadar hali vaqt bor.

"Barselona" ustidan qozonilgan g‘alaba

"Barselona" Xavi va Inyesta davridagiga qaraganda, balki, ancha cho‘kkandir. Ammo ular hamon La-ligada yetakchilik qilmoqda. Ko‘pchilik, kataloniyaliklar "MYU"ni qiynalmasdan mag‘lub etadi deb o‘ylashgandi. Ammo unday bo‘lmadi. "Old Trafford" Xavi jamoasiga shavfqat qilmadi. Endilikda, "MYU" Yevropa ligasining nimchorak finalida "Real Betis" bilan to‘qnash keladi.

Angliya kubogida odimlash

"Arsenal", "Chelsi", "Liverpul" va "Nyukasl" allaqachon Angliya kubogida emas. Bu esa turnirda qatnashayotgan "Manchester Yunayted"ni favoritga aylantiradi. Ten Xag jamoasida so‘nggi 7 yilda ilk bor Angliya kubogini yutish imkoni paydo bo‘ldi. APLda ishlari yurishmayotgan "Vest Xem", turnirning beshinchi bosqichida "qizil iblislar"ga raqib bo‘ladi.

Liga kubogidagi g‘alaba

"MYU"ning "Nyukasl" ustidan qozongan g‘alabasi, jamoaga 2017 yildan beri ilk marta titul taqdim etdi. Angliyadagi eng katta klublardan birining olti yil davomida sovrin yutmagani odamni ajablantiradi, albatta. Ammo, endi ten Xag jamoasini to‘xtatib bo‘lmasa kerak. Aniqki, ular yanada ko‘prog‘ini xohlashadi. Yevropa ligasi, Angliya kubogi va eng asosiysi – APL!

 

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: football365.com
Kiritildi: 10:10, 27.02.2023.
O'qildi: 2751 marta.
Fikrlar: 11 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.