Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka
02/05 17:00 Vilyarreal - Levante
02/05 18:00 Udineze - Torino
02/05 19:00 Dinamo - Mash’al
02/05 19:00 Buxoro - So‘g‘diyona
02/05 19:00 Vulverhempton - Sanderlend
02/05 19:00 Brentford - Vest Xem
02/05 19:00 Nyukasl - Brayton
02/05 19:15 Valensiya - Atletiko
02/05 21:00 Komo - Napoli
02/05 21:30 Arsenal - Fulhem
02/05 21:30 Alaves - Atletik Bilbao
02/05 23:45 Atalanta - Jenoa
03/05 00:00 Osasuna - Barselona
03/05 15:30 Bolonya - Kalyari
03/05 17:00 OKMK - Neftchi
03/05 17:00 Selta - Elche
03/05 18:00 Qo‘qon-1912 - Bunyodkor
03/05 18:00 Bornmut - Kristal Pelas
03/05 18:00 Sassuolo - Milan
03/05 19:15 Surxon - Paxtakor
03/05 19:15 Xetafe - Rayo Valyekano
03/05 19:30 Man. Yunayted - Liverpul
03/05 21:00 Yuventus - Verona
03/05 21:30 Betis - Real Ovyedo
03/05 23:00 Aston Villa - Tottenhem
03/05 23:45 Inter - Parma
04/05 00:00 Espanyol - Real Madrid

Erling Xoland «Manchester Siti»da yanayam yaxshiroq o‘ynashi uchun nima qilishi kerak?

Erling Xoland «Manchester Siti»da yanayam yaxshiroq o‘ynashi uchun nima qilishi kerak?

Baho:
+ | -

Erling Xoland “Manchester Siti”da yanayam yaxshiroq o‘ynashi mumkinmi? Bir qaraganda, shuncha gol urayotgan hujumchining yanayam yaxshiroq nima qila olishi mumkinligi tasavvurga sig‘maydi, ammo Tyerri Anri bu haqida qiziq mulohaza bildiribdi:

“Men hujumda o‘ynaganimda, boshida hammadan nolir edim, bu menga to‘p uzatmayapti, mana bunisi o‘zim istaganimdek pas bermayapti va hokazo. Shunda Arsen Venger aytdi:

— Sen o‘zingga savol berib ko‘r yaxshisi. Rostan ham Freddi Yunberg senga xuddi Dennis Bergkampdek to‘p uzata oladi, deb o‘ylaysanmi?

Shunda o‘ylashni boshladim. Dennis qayerda bo‘lishimdan qat’i nazar menga xohlaganimdek to‘p uzatadi, demak o‘sha paytda istagan tomonimga ochilaman. Rober Pires  “bir tepar” usulda o‘ynashni yoqtiradi, shuning uchun to‘p unda bo‘lganida, yaqinroq borishim kerak. Yunberg agar men u kirib borgan xudud qarshisida bo‘lmasam, meni ko‘rmaydi, demak, o‘sha pallada men uning meni payqashini ta’minlashim kerak. Men har bir jamoadoshimning kamchiligini yuzaga chiqarish o‘rniga, kuchli jihatlariga moslashishga urindim.

Erlingga e’tibor bering. “Siti”ning har bir hujumida u o‘zining odatiy oldinga harakatlanishini boshlaydi. Ammo tarkibda faqat De Bryuyne istalgan xududga to‘pni ko‘ngildagidek uzatishga qodir. Masalan, Bernardu Silva ko‘proq mayda paslar orqali o‘ynashni yaxshi ko‘radi.

Shuning uchun, o‘ylashimcha, Erling hozir to‘p nazorat qilinayotganda jamoadoshlaridan emas, asosan o‘zidan kelib chiqib o‘ynamoqda", — dedi Anri.

Rostan ham, juda qiziq kuzatuv, to‘g‘rimi?

Qahramon Aslanov.

Manba: https://t.me/aslanov_futbol
Kiritildi: 14:17, 01.03.2023.
O'qildi: 1545 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик