Luis Enrike Braziliya terma jamoasi bilan ishlashni istamayapti, deb xabar beradi Sport. Sababi «Barselona»ning sobiq bosh murabbiyi o‘zini klub futbolida ko‘radi va u Angliya Premyer-ligasida ishlashni xohlaydi.
Enrike «Chelsi»ga asosiy da’vogarlardan biri sifatida ko‘rilmoqda.
U shunchaki bu lavozimiga da’vogarlardan biri emas, balki manbaning aniqlik kiritishicha, rahbariyat ko‘rayotgan so‘nggi ro‘yxatdagi ehtimoliy nomzodlar ro‘yxatida birinchi o‘rinda turadi.