Roy Kinning fikricha, agar Antoni o‘z uslubida o‘ynashda davom etsa, jarohat oladi.
“Menimcha, u qiyin tajribani o‘rganishi kerak. Raqib futbolchilari uni nishonga olishdi, biz buni dam olish kunlarida u to‘p bilan aldashga uringanida ko‘rdik. U tezda o‘rganishi kerak. Aks holda, u juda ko‘p jarohat oladi", - dedi Kin ITV Sport bilan suhbatda.