Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

Aleksandr Xomyakov: "Chaqilmas yong‘oq" bo‘lishni istaymiz"

Aleksandr Xomyakov: "Chaqilmas yong‘oq" bo‘lishni istaymiz"

Baho:
+ | -

“Andijon” bosh murabbiyi sifatida yana faol ish faoliyatiga qaytgan Aleksandr Xomyakov bor e’tiborini klubga qaratgan. Chunki yangi maqsad sari qadam tashlanyapti va bu borada bosh murabbiyning roli juda katta.

Ma’lumki, “Andijon” chempionatning ilk turini safarda “Nasaf”ga qarshi o‘tkazadi. Yangi mavsum boshlanishi oldidan Aleksandr Andreevich tayyorgarlik va yana boshqa mavzularda o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- Chempionat oldidan bosh murabbiyda hayajon bormi?

- "Mavsum boshlanishini intizorlik bilan kutyapmiz. Hayajon borasida gapirsam, bu har qanday insonda bo‘ladi. Doimo chempionatni ishonchli boshlash muhim sanaladi. Viloyat rahbariyati va muxlislarimiz oldimizga vazifa qo‘ygan. Shu jihatdan mavsum boshida biroz hayajon bor. Maqsadimiz reja qilganlarimizni amalga oshirishga harakat qilamiz".

- Qishki tayyorgarlikdan qoniqdimi?

- "Albatta, qoniqdim. Avvalambor bosh direktorimiz Ulug‘bek Abdusattorovichga bizga sharoit yaratib berganligi uchun minnatdorchilik bildiraman. Yig‘inlarimiz yuqori saviyada tashkillashtirildi. Bunday e’tibordan mamnunmiz. To‘g‘ri, Dukentdagi yig‘in noqulay ob-havo tufayli ko‘ngildagidek o‘tmagandi. Turkiyadagi yig‘inda esa buni o‘rnini to‘ldirishga harakat qildik. Jamoaviy o‘yin ustida ishladik. Legionerlar kelib ko‘shildi, rejalarimizni katta qismini bajardik. Umumiy qaraganda, qoniqdim, albatta".

- Jamoa mavsumga necha foizga tayyor?

- "Foizda ko‘rsatib o‘tish qiyin. Asosiysi, qanday start olishimiz muhim. Jamoaning funksional holati yomon emas. Asosiy masala hujumdagi tajovuzkorligimizni yanada oshirishimiz lozim. Golga olib keladigan o‘yin boshlanguncha bu muammoni hal qilamiz".

- Natija muhimligi haqida

- "Albatta, mas’uliyatni his qilib turibmiz. Bizni viloyat rahbarlarimiz kuzatib borishadi. Muxlislarimiz ham bizdan natija kutishmoqda. Chiroyli o‘yin orqalimi, himoyaga moslashganmi yoki tajovuzkor o‘yin namoyish etish bilanmi, asosiysi natija qo‘rsatish kerak bo‘ladi".

- “Nasaf” xususida

- “Nasaf” chempionatning bayroqdor jamoamiz hisoblanadi. Ularda kadrlar masalasida muammolari mavjud. Legioner hujumchisi jarohat olib safdan chiqqan. Serbiyalik asosiy yarim himoyachisi Stanoyevichda ham shunday holat. Hujumkor futbolchisi Norchayev jamoani tark etgan va Rossiyaning “Alaniya” klubiga borib qo‘shildi. Ha, jamoa bu muammosini boshqa iqtidorli kadrlari bilan to‘ldiradi, albatta. Ushbu jamoa bilan mavsum startida ishonch bilan o‘ynash muhim sanaladi".

- Ilk turdagi imkoniyat to‘g‘risida

- "Imkoniyat haqidami? Bu futbol. Taxmin qilish qiyin. Murabbiyning ishi ko‘rinishi uchun juda katta faktorlar bor. Hamma narsa bo‘lishi mumkin. Ob-havo, maydon holati, yomg‘irli bo‘lishi, shu kabi faktorlar yuz berishi hech gap emas. Shuning uchun biz har qanday holatda ishonchli futbol namoyish etishga harakat qilamiz va qandaydir holat bizning foydamizga bo‘lishini istayman".

- Murabbiy uchun chempionat favoritlari

- "Bizda doimo buni moda desa bo‘ladi. Ya’ni, “Paxtakor”ni aytishim mumkin, medal uchun kurashadigan “Navbahor” ko‘rinib turibdiki, vazifasi juda yuqori. “Nasaf” sovrinli o‘rinlar uchun doim kurashib keladi. Shuningdek, AGMKni ham qo‘shishimiz kerak va yana qandaydir jamoa qo‘shilishi mumkin, ko‘ramiz".

- “Andijon” "chaqilmas yong‘oq" bo‘ladimi?

- "Ha, albatta. Biz odimizga qo‘yilgan vazifalardan kelib chiqib "chaqilmas yong‘oq" bo‘lishni istaymiz. Ishonchli o‘yinlarimiz orqali namoyon bo‘lishni xohlaymiz".

- Muxlislarga qanday gapi bor?

- "Biz muxlislarimiz oldida qachon o‘ynashimizni hali bilmaymiz. Stadion to‘la muxlislarimizning daldasi bizga juda kerak. Bilaman, ular har qanday holatda ham bizni qo‘llab-quvvatlab kelishadi. Ozmi-ko‘pmi, muxlislarimiz kelib quvvatlashlarini ham his etib turibman. Albatta, ularning daldasi biz uchun muhim sanaladi".

Manba: "Андижон" матбуот хизмати
Kiritildi: 10:56, 03.03.2023.
O'qildi: 1047 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.