«Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Arteta jarohatidan forig‘ bo‘layotgan hujumchi Gabriel Jezusning hozirgi holati haqida fikr bildirdi.
«U tiklanishga yaqin. Aniq sanalar haqida gapirmoqchi emasman, lekin u hozirdanoq jamoa bilan mashg‘ulotlarni amalga oshirmoqda.
U hali maydonga tushishga yaqin emas, lekin jarayonni u qadar yomon deb bo‘lmaydi. Gabriel har kuni o‘zini yaxshi his qilmoqda, shifokorlar ham u haqida optimistik kayfiyatda», — dedi Arteta.