Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/02 00:45 Parma 1-1 Kalyari
28/02 01:00 Levante 2-0 Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton 2-0 Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut 1-1 Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano 1-1 Atletik Bilbao
28/02 18:45 Neftchi 3-0 Mash’al
28/02 19:00 Komo 3-1 Lechche
28/02 19:00 Lokomotiv 3-1 Surxon
28/02 19:15 Dinamo 1-2 Navbahor
28/02 20:00 Byornli 3-4 Brentford
28/02 20:00 Liverpul 5-2 Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl 2-3 Everton
28/02 20:15 Barselona 4-1 Vilyarreal
28/02 22:00 Verona 1-2 Napoli
28/02 22:30 Malyorka 0-1 Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids 0-1 Manchester Siti
01/03 00:45 Inter 2-0 Jenoa
01/03 01:00 Real Ovyedo 0-1 Atletiko
01/03 16:30 Cremonese - Milan
01/03 18:00 Elche - Espanyol
01/03 19:00 OKMK - Bunyodkor
01/03 19:00 Fulhem - Tottenhem
01/03 19:00 Man. Yunayted - Kristal Pelas
01/03 19:00 Sassuolo - Atalanta
01/03 19:00 Brayton - Nottingem Forest
01/03 19:15 Nasaf - Xorazm
01/03 20:15 Valensiya - Osasuna
01/03 21:30 Arsenal - Chelsi
01/03 22:00 Torino - Lasio
01/03 22:30 Betis - Sevilya
02/03 00:45 Roma - Yuventus
02/03 01:00 Jirona - Selta
02/03 22:30 Piza - Bolonya

Leau «Milan» bilan shartnomani yangilamadi, rahbariyat esa aniq bayonot bergani yo‘q

Leau «Milan» bilan shartnomani yangilamadi, rahbariyat esa aniq bayonot bergani yo‘q

Baho:
+ | -

23 yoshli Rafael Leau hozirda Yevropa futbolidagi eng yorqin iqtidor sohiblaridan biri hisoblanadi. Portugaliyalik vinger ketma-ket ikkinchi mavsum davomida A Seriya himoyachilarini dribling bilan qiynab kelmoqda, shuning uchun klublarning qiziqishlari haqidagi mish-mishlar ajablanarli emas.

O‘tgan mavsumda Leau 14+12 natija qayd etgan bo‘lsa, bu mavsumda u 9 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Leauning «Milan» bilan shartnomasi 2024 yilning yozida tugaydi va Rafael uni yangilashga shoshilmayapti.

Leau bor e’tiborini «Milan»ga qaratdi. Rafaelning o‘zi «Milan»ga sodiqligini ta’kidlaydi, ammo kelajakda o‘zini boshqa joyda sinab ko‘rishini tan oladi.

«Boshqa chempionatda o‘ynashni xohlaymanmi? Ha, kelajakda. Lekin hozir bor e’tiborimni «Milan»ga qaratganman, «Milan» haqida o‘ylayapman va «Milan» bilan shartnomam bor, katta tarixga ega top-klub. Menga shahar juda yoqadi. «Milan» bilan chempionlikni qo‘lga kiritganim hayotim va faoliyatimdagi eng yaxshi lahzalardan biri bo‘ldi. Uyda ko‘p futbol tomosha qilaman: Premyer-liga, La Liga, Liga 1, Portugaliya ligasi. «Arsenal»ning o‘yini menga yoqadi, ular mavsumni ajoyib o‘tkazmoqda», - deya fikr yuritgan Rafa 2022 yilning dekabrida.

Biroq mart oyi boshida Leau hazillashib Italiya chempionati uning uchun juda oson bo‘lib qolganini aytdi: «A Seriya hozir juda oson ko‘rinadi. Jiddiy aytganda, Italiyadagi birinchi yil qiyin bo‘ldi. Ammo qobiliyatingiz bo‘lsa va maydonda tezkor bo‘lsangiz, o‘zgarishlar qilishingiz mumkin. Ikkinchi yil ancha yaxshi bo‘ldi, men ancha o‘sdim. Men butun dunyoga maydonda va undan tashqarida nima qila olishimni ko‘rsatishim kerak», — dedi Leau.

Leau shartnoma uzaytirilishi haqidagi xabarlarni diqqat bilan kuzatib boradi va ba’zida ularni rad etadi. «Milan»ning texnik direktori va afsonasi Paolo Maldini portugaliyalik iste’dodning ashaddiy muxlisidir. O‘tgan yildan beri u doimiy ravishda Rafaelning klub uchun muhimligini ta’kidlab keladi.

•‎ «U sotilmaydi. Bu hali ham benazir olmos bo‘lib, yildan-yilga yaxshilanmoqda. Leau har doim potensiali buyuk chempion bo‘lgan, ammo u o‘sish jarayonini davom ettirishi kerak. U juda aqlli, lekin yordamga muhtoj va men u bilan ko‘p gaplashdim. Hamma narsa o‘zgarishi mumkin, lekin ayni damda futbolchi klub bilan birga o‘sib bormoqda», - dedi Maldini iyun oyida La Gazzetta dello Sport nashriga bergan intervyusida.

•‎ «Men Leauni sotishdan bosh tortdim - boshqa klublarga vaqtni boy bermasliklarini aytdim», dedi Paolo sentyabr oyida. Oradan bir oy o‘tib Maldini bu klublardan biri «Chelsi» ekanligini aniqladi.

•‎ «U cheksiz iste’dod egasi. U klubga 20 yoshida kelgan va o‘sha yoshda o‘zimni qanday his qilganimni eslayman. Bu bolalar juda yosh va yordamga muhtoj. Biz Leau bilan shartnomani uzaytirmoqchimiz. Menimcha, «Milan» Rafaning karyerasini rivojlantirish uchun ideal klub», - dedi Maldini.

•‎ 2022 yilgi jahon chempionati oldidan «Milan» Leau bilan yangi shartnoma imzolamoqchi edi – bu amalga oshmadi. «Biz bu haqda bir necha oy, hatto yillar davomida o‘yladik. Vaqti kelganda uchrashamiz. Qaror qabul qilish kerak bo‘lganda, biz buni qilamiz. Bashoratlarga kelsak... Bu masalani jahon chempionati oldidan, ayniqsa, unda ishtirok etadigan futbolchilar uchun yopmoqchi edik. Leau misolida buning iloji yo‘q edi», - deya tushuntirdi Paolo.

•‎ Yanvar oyida Maldini tomonlar yangi shartnoma imzolashga yaqin ekanliklariga sha’ma qildi: «Biz Leauning vakillari bilan muloqot qilamiz, videoqo‘ng‘iroqlar tashkil qilamiz va shunchaki uchrashmaymiz. Biz kelishuvga erishishga harakat qilyapmiz. Aftidan, ikkala tomon ham hamkorlikni davom ettirmoqchi va biz kelishuvni yopishga harakat qilamiz», — degandi Maldini.

Oradan ikki oy o‘tdi, yangi shartnoma haqida hali xabar yo‘q.

— Balki men ham unga uyimni bersam kerak? Zlatan o‘ziga xos uslub bilan Leauni qolishga ko‘ndiradi. U ham Leauning «Milan»da qolishini juda xohlaydi. «Milan» - uning uchun eng mos muhit. Uning muvaffaqiyatiga qarang - u bu yerga kelganida, bugungi kundagi kabi asosiy o‘yinchi maqomiga yaqin emas edi. Bu yerda u biz uchun juda muhim, ammo boshqa klubda ham shunday bo‘ladimi? U noldan boshlashi kerak edi», - dedi «Milan» hujumchisi o‘tgan yilning dekabr oyida Sky Sport Italia nashriga.

O‘tgan yilning boshida Rafaga «Arsenal» va «Barselona» qiziqish bildirgandi. Yozgi transfer oynasida esa «Man Siti», «PSJ», «Real» va «Liverpul» haqida ham mish-mishlar tarqaldi.
«Real Madrid» va «PSJ» qolganlarga qaraganda aniqroq rejaga ega edi: ulardan birinchisi futbolchi uchun 120 million yevro taklif qilgan bo‘lsa, parijliklar 80 million yevro to‘lashga tayyor edi. «Milan» ikkala taklifni ham rad etdi. Endi asosiy intriga Leau «Milan» bilan shartnomani uzaytiradimi yoki yo‘qmi - qishda uning boshqa klubga o‘tishi haqida deyarli hech qanday mish-mishlar bo‘lmagan. Agar Rafa shartnomani uzaytirishdan bosh tortsa, yozda u top-klublarning asosiy maqsadlaridan biriga aylanadi - italiyaliklar esa uni 100 million yevrodan ko‘proqqa sotishga harakat qilishlari kerak.

Kiritildi: 11:06, 05.03.2023.
O'qildi: 1990 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.