Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

Ravshan Haydarov: «Uchrashuvda g‘alaba qozonishni maqsad qilgandik»

Ravshan Haydarov: «Uchrashuvda g‘alaba qozonishni maqsad qilgandik»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Hayrdarov Indoneziyaga qarshi bo‘lib o‘tgan uchrashuvdan so‘ng matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O‘yin haqida:
— Indoneziyaga qarshi o‘yin biz uchun juda muhim edi. Shu sababli bor e’tiborimizni mazkur o‘yinga qaratgan edik. Uchrashuvda g‘alaba qozonishni maqsad qilgandik, biroq bir nechta vaziyatlardan foydalana olmadik. Raqiblarimiz ham ajoyib o‘yin ko‘rsatishdi, ular himoyada ancha tartibli o‘ynashdi.

Tarkibdagi o‘zgarishlar haqida:
— Biz bugun durang uchun maydonga tushmadik, shunchaki bir nechta futbolchilarimizga dam olish imkoniyatini taqdim qildik. Bundan tashqari, bilasiz, rotasiya ham muhim hisoblanadi. Bu orqali kam o‘ynayotgan futbolchilarimizga o‘yin amaliyotini berishni maqsad qilgandik. Aytganimdek, barchasi reja asosida amalga oshirildi. O‘ylashimcha, bugun maydonga tushgan futbolchilar o‘zlarini yaxshi tomonlama ko‘rsatishdi.

Umarali Rahmonaliyev haqida:
— Bugun u yaxshi o‘yin ko‘rsatdi. Raqiblarimiz himoyada zich o‘ynagani tufayli zonalar ochish, vaziyat yaratishda qiyinchiliklar bo‘ldi. Biroq biz bir nechta yaxshi vaziyatlarga ega bo‘ldik. Masalan, Ahrorovda ham ajoyib imkoniyat bo‘ldi, lekin bu gol bilan tugamadi. Umuman olganda, bugungi o‘yin yaxshi o‘tdi. Biz bu o‘yinni ko‘rib chiqamiz va tahlil qilamiz.

Avstraliyaga qarshi kechadigan keyingi uchrashuv haqida:
— Eng avvalo tiklanish jarayonlari ustida ishlaymiz. Bilasiz, chorak finaldagi o‘yin juda muhim hisoblanadi. Raqibga keladigan bo‘lsak, ularda yaxshi jamoa shakllangan. Biz reja asosida ishlashda davom etamiz. Raqiblarimizni o‘rganib va tahlil qilib boramiz. Umuman olgan, ushbu o‘yinga ham har tomonlama tayyorgarlik ko‘ramiz.

Manba: https://t.me/boxinguzbekistan
Kiritildi: 22:29, 07.03.2023.
O'qildi: 2027 marta.
Fikrlar: 16 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.