Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Parker: "Maktominey "Reynjers"da o‘ynay oladi, "Seltik"da emas"

Parker: "Maktominey "Reynjers"da o‘ynay oladi, "Seltik"da emas"

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted"ning sobiq himoyachisi Pol Parker yarim himoyachi Skott Maktomineyning faoliyatini davom ettirishning mumkin bo‘lgan variantlari haqida gapirdi.

"O‘ylashimcha, uning "Reynjers"ga o‘tish imkoniyati bor. U "Seltik"da o‘ynash uchun yetarli darajada emas. U "Seltik"ning o‘yin uslubini hisobga olgan holda muntazam o‘ynay olmaydi. Agar u "Reynjers"ga o‘tsa, o‘ynash imkoniyati ko‘proq bo‘ladi.

"Manchester Yunayted"ni tark etish uning uchun katta qaror. U buni qilishi kerak, chunki hozir u Shotlandiya termasidagi o‘rnini xavf ostiga qo‘ymoqda.

U "Manchester Yunayted"da zaxira o‘yinchisi bo‘lishi mumkin, lekin agar unda mag‘rurlik bo‘lsa, u ko‘proq o‘yinlarda o‘ynashni xohlashi kerak. U munosib martaba qurish uchun yetarlicha chanqoq ekanligini ko‘rsatishi kerak.

Men uning yaxshi futbolchi ekanligini isbotlash uchun "Manchester Yunayted"dan ketishini kutaman", — dedi Parker Mybettingsites.co.uk bilan suhbatda.

Oldinroq Skott Maktominay "Manchester Yunayted" keyingi transfer oynasida sotishga harakat qiladigan futbolchilar ro‘yxatiga kiritilgani haqida xabar berilgandi. Klub rahbariyatining fikricha, shotlandiyalik futbolchi o‘z imkoniyatlarini to‘liq ro‘yobga chiqarmagan.

Kiritildi: 16:05, 11.03.2023.
O'qildi: 1743 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик