Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

«Dinamo» Pro liga-2023 oldidan tanishtiruv marosimini o‘tkazdi

«Dinamo» Pro liga-2023 oldidan tanishtiruv marosimini o‘tkazdi

Baho:
+ | -

«Dinamo» jamoasi 2023 yilgi Pro liga yangi mavsumi oldidan futbolchilar taqdimot marosimini o‘tkazdi.

Yangi futbol mavsumi starti oldidan o‘tkazilishi an’ana tusini olgan tanishtiruv marosimida «Dinamo» futbol jamoasining bu yilgi yangi tarkibi tanishtirildi. Samarqand shahridagi «Ipak yo‘li» turizm xalqaro universiteti katta zalida o‘tgan tadbirda viloyat hokimligi, klub va mutasaddi rahbarlar va 200 nafarga yaqin eng faol muxlislar hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

Taqdimot marosimini Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari Rustam Qobilov ochib berib, «Dinamo» jamoasi bu yil muxlislarni xursand etib, Superligaga qaytishi lozimligini ta’kidlab, klubga bu mashaqqatli vazifani bajarishda omad va zafar tiladi.

Muxlislarning qarsaklari ostida birin-ketin «Dinamo» jamoasining barcha 26 futbolchisi tanishtirilib, ularga yangi liboslar topshirildi. O‘yinchilarning 15 nafari yangi, 11 nafari esa o‘tgan yilgi tarkib a’zolaridir.

Shundan keyin jamoa bosh murabbiyi Vadim Abramov sahnaga chiqib, «Dinamo» oldiga Superliga vazifasi turgani, Samarqanddek shahar jamoasi yuqori o‘rinlarda bo‘lishga munosibligini aytdi. Jamoa sardori Erkin Baydullayev ham futbolchilar nomidan so‘zga chiqib, eng avvalo samarqandlik muxlislarni xursand etish uchun barcha bor imkoniyatini ishga solishini bildirdi. Shuningdek, legionerlardan ganalik Derrik Mensah va Kojo Joel ham muxlislar oldiga chiqib, ishonchni oqlashga harakat qilishlarini aytishdi.

Fan-klub yetakchisi Shavkat Burhonov, jonkuyar muxlislar ham so‘zga chiqib, «Dinamo»ning Superligaga qaytishi uchun yelkama-elka turib, qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanliklari haqida gapirishdi.

Ochiq savol-javob va yuqori kayfiyatda o‘tgan tadbir yakunida faol va faxriy muxlislar o‘z takliflarini viloyat hokimi o‘rinbosari Rustam Qobilovga bildirib, ijobiy javob olishdi. Xususan, Pro liga 1-tur o‘yini doirasida 16 mart kungi Muborakdagi «Mash’al»ga qarshi safardagi o‘yinga borib kelish uchun faol va faxriy muxlislar uchun avtobus ajratiladigan bo‘ldi. Stadiondagi sharoitlar masalasi ham o‘rganilishi ma’lum qilindi.

Manba: fcdinamo.uz
Kiritildi: 23:24, 14.03.2023.
O'qildi: 1653 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик