"Manchester Yunayted"ning sobiq himoyachisi Rio Ferdinand "Real" yarim himoyachisi Eduardo Kamavingani kecha "Liverpul"ga qarshi Chempionlar ligasi 1⅛ final javob o‘yinida ko‘rsatgan o‘yini uchun yuqori baholadi.
"Kamavinga "Liverpul"ga qarshi o‘yinda ajoyib o‘ynadi, u to‘p bilan juda zo‘r edi va har doim o‘z vaqtida uzatmalarni amalga oshirdi", - deya Ferdinand so‘zlarini keltirmoqda Madrid Xtra.
20 yoshli Kamavinga "Renn"dan ko‘chib o‘tgandan keyin "Real"dagi ikkinchi mavsumini o‘tkazmoqda.