Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

Dilyaver Vaniyev: "Xarakter bobida "Dinamo"ga yutqazdik"

Dilyaver Vaniyev: "Xarakter bobida "Dinamo"ga yutqazdik"

Baho:
+ | -

"Mash’al" bosh murabbiyi Dilyaver Vaniyev Pro liganing birinchi turidan o‘rin olgan "Dinamo" bilan uchrashuvdan so‘ng fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- O‘yin haqida

- Birinchi turdanoq bunday mas’uliyatsiz o‘ynash kerak emas. Klubimiz, qolaversa muxlislarimiz uchun albatta alamli achinarli. Bugun birinchi o‘rinda xarakter borasida raqibga yutqazdik. Yigitlar buni his qilishgani yo‘q. Nega bunday yuz berdi aytish qiyin. Deyarli hech narsa o‘xshamadi. Ayniqsa ikkinchi gol ruhan sindirib qo‘ydi, deya olaman. "Dinamo"ni g‘alaba bilan tabriklayman.

- Juda qisqa vaqt ichida to‘p o‘tkazib yubordinglar. Bugun asosiy xato himoyadami yoki darvozada?

- "Dinamo" birinchi bo‘limda o‘yinni nazorat qildi. Ular g‘alabaga loyiq. Jamoamda xarakter ko‘rmadim. Shu narsa meni xavotirga solyapti. Yutqazish mumkin, ortiqcha gap-so‘z yo‘q. Lekin o‘z maydonimizda o‘ynayapmiz. Kurashlarda yutqazdik. Yakkakurashlarda imkoniyatni boy berdik.

- Bugun "Mash’al" tarkibida yoshlar ko‘p edi...

- Bilasiz, "Mash’al" doim o‘z tarbiyalanuvchilariga e’tibor qaratadi. Akademiyamizdan chiqqan ikki nafar futbolchini tushirdik. Bunday o‘yinlarda tajriba kerak. Xatolar bor, shu orqali kerakli ko‘nikmaga ega bo‘lishadi.

Manba: "Машъал" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 21:26, 16.03.2023.
O'qildi: 1328 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик