Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/04 00:00 Alaves 2-2 Osasuna
06/04 15:30 Udineze 0-0 Komo
06/04 18:00 Lechche 0-3 Atalanta
06/04 21:00 Yuventus 2-0 Jenoa
06/04 23:45 Napoli 1-0 Milan
07/04 00:00 Jirona 1-0 Vilyarreal
07/04 17:00 Lokomotiv 1-1 Xorazm
07/04 18:00 Mash’al 0-1 Bunyodkor
07/04 19:15 Andijon 0-1 Navbahor
07/04 23:59 Real Madrid - Bavariya
07/04 23:59 Sporting - Arsenal
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 - Nasaf
08/04 19:00 OKMK - Surxon
08/04 20:15 Dinamo - So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona - Atletiko
08/04 23:59 PSJ - Liverpul

OFK prezidenti O‘zbekiston U20 terma jamoasini tabrikladi

OFK prezidenti O‘zbekiston U20 terma jamoasini tabrikladi

Baho:
+ | -

Osiyo futbol konfederasiyasi prezidenti shayx Salmon bir Ibrohim al-Xalifa O‘zbekiston yoshlar terma jamoasini U20 Osiyo kubogidagi g‘oliblik bilan tabrikladi.

"Osiyo futbol oilasi nomidan Ravshan Haydarov boshchiligidagi O‘zbekiston yoshlar terma jamoasini tarixiy g‘alaba bilan chin yurakdan tabriklayman. Ishonchim komil, ushbu g‘alaba butun O‘zbekiston futbol ommasini ilhomlantiradi.

Shuningdek, yoshlar futboli uchun qilayotgan ishlar tufayli O‘zbekiston futbol assosiasiyasi maqtovga loyiq. Ushbu g‘alaba esa qo‘yilayotgan poydevorning ilk samarasi hisoblanadi. Bu narsa kelajakdagi katta yoshdagi terma jamoalarning natijalarida ham aks etadi, deb o‘ylayman.

Musobaqani o‘tkazishda yordam bergan mahalliy tashkiliy qo‘mita va O‘FAga o‘z minnatdorchiligimni bildirmoqchiman. O‘zbekiston qit’a miqyosidagi turnirlarga mezbonlik qilish uchun tayyorligini yana bir marta namoyish etdi.

O‘FAni yana bir marta olqishlashimiz kerak. Ishonchim komil, O‘FA futbolchilar, o‘yinchilar va ishqibozlarni tayyorlashda jahon darajasida ishlashda davom etadi", — deya maktub yo‘lladi shayx Salmon.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 09:11, 25.03.2023.
O'qildi: 3548 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик