Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona 0-1 Komo
10/05 17:00 Malyorka 1-1 Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli 2-2 Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas 2-2 Everton
10/05 18:00 Cremonese 3-0 Piza
10/05 18:00 Fiorentina 0-0 Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao 0-1 Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem 0-1 Arsenal
10/05 21:00 Parma 2-3 Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo 0-0 Xetafe
10/05 23:45 Milan 2-3 Atalanta
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche

O‘rtoqlik o‘yini. Terma jamoamiz Venesuela bilan durang o‘ynadi

O‘rtoqlik o‘yini. Terma jamoamiz Venesuela bilan durang o‘ynadi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston milliy terma jamoasi Jidda shahrida Venesuelaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazib, jangovar durangga imzo chekdi.

Uchrashuvning 6-daqiqasida Lotin Amerikasi vakillari hisobni ochishdi. O‘ng qanotdan uyushtirilgan hujumni Alexandro Gonsales samarali yakunladi.

Shundan so‘ng maydonda teng kurash kechdi, o‘yin tempi yuqori bo‘ldi va jamoalar vaziyatlar yaratishdi. Taymga qo‘shib berilgan 2 daqiqa yakunlanayotgan paytda hakam Venesuela darvozasi tomon penalti belgiladi. Boisi, himoyachi o‘z jarima maydonchasi ichida Shomurodovni tortib yiqitdi.

Penalti tepish mas’uliyatini Masharipov o‘z zimmasiga oldi. Jaloliddin "panenka" zarba bilan darvozabonni aldadi, ammo to‘p to‘singa tegib, yuqoriga ko‘tarilib ketdi.

Ikkinchi bo‘limning 60-daqiqasida Katanes birdaniga 4 futbolchini almashtirdi. O‘runov, Turg‘unboyev, Sobirxo‘jayev va Abduxoliqovning tushirilishi natijasida tezlikni oshirdik. Oradan ko‘p o‘tmasdan Fuentes Turg‘unboyevga nisbatan qo‘pollik ishlatdi hamda ikkinchi sariq kartochkani olib maydonni tark etdi.

Shundan so‘ng tashabbus to‘laligicha biznikilar tomoniga o‘tdi. Bahsning 79-daqiqasida esa Yaxshiboyev penalti ishladi. Uning o‘zi 11 metrli jarima zarbasini aniq amalga oshirib hisobni tenglashtirdi.

Venesuela qolgan daqiqalarda durangni saqlab olish o‘ynadi va o‘z maqsadiga erishdi.

Shu tariqa, O‘zbekiston Saudiyaga yig‘in doirasida Boliviyani mag‘lub etib, Venesuela bilan durang o‘ynadi.

Xalqaro o‘rtoqlik o‘yini
O‘ZBEKISTON - VENESUELA - 1:1 (0:1)
Gollar: Jasurbek Yaxshiboyev (79-penalti) — Alexandro Gonsales (6)
Noaniq penalti: Jaloliddin Masharipov (45+3, to‘sin)

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 01:00, 29.03.2023.
O'qildi: 3482 marta.
Fikrlar: 12 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик