Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/05 00:00 Kristal Pelas 4-0 Man. Yunayted
07/05 00:00 Lill 3-4 Lion
07/05 18:00 Paxtakor 4-3 Metallurg
07/05 19:00 OKMK 3-4 Nasaf
08/05 00:00 PSJ 0-1 Borussiya D
09/05 00:00 Real Madrid - Bavariya

Ikki oy qoldi! "Arsenal" va "Manchester Siti"ning keyingi 10 ta uchrashuvini solishtiramiz: kimning yo‘li murakkabroq?

Ikki oy qoldi! "Arsenal" va "Manchester Siti"ning keyingi 10 ta uchrashuvini solishtiramiz: kimning yo‘li murakkabroq?

Baho:
+ | -

Angliya Premyer-ligasida chempionlik poygasi avj ola boshladi. Chempionlikka da’vogar bo‘lgan "Manchester Siti" bugun "Liverpul"ga qarshi o‘ta murakkab o‘yinni o‘tkazadi. Ushbu juftlik yaqin yillarda Angliya toji uchun kurashib kelardi. Bu mavsumda hammasi boshqacha bo‘ldi. "Shaharliklar"ga "Liverpul" emas, balki "Arsenal" qarshilik qila boshladi. Pep Gvardiola jamoasi so‘nggi 5 mavsumning 4 tasida chempion bo‘lgan. Faqatgina 2019-20 yilgi mavsum Yurgen Klopp tantanasi bilan tugagan. Joriy yili manchesterliklar uchun yangi raqobatchi paydo bo‘ldi. Gvardiola shogirdi Arteta tomonidan boshqarilayotgan "Arsenal", endilikda eski "Liverpul" rolini bajarmoqda.

To‘pchilar ayni damda eng yaqin ta’qibchisidan 8 ochko oldinda bormoqda. "Manchester Siti" bugun vaqtinchalikka bo‘lsa ham oradagi farqni qisqarishi mumkin. Ammo "Arsenal" ham hademay o‘z o‘yinini o‘tkazadi. Mikel Arteta jamoasi bugun "Lids"ni qabul qiladi. Quyida ikki da’vogar jamoaning kelayotgan 10 ta o‘yinini solishtirishga harakat qilamiz. Bunda ularning har ikkisida turlicha maqsadlar bor. Xususan, "Arsenal" 19 yildan beri davom etib kelayotgan omadsizligiga chek qo‘ymoqchi bo‘lsa, "Manchester Siti" musobaqani ketma-ket uch marta yutib, bu natijani qayd etgan "MYU"dan keyingi klubga aylanmoqchi.

"Arsenal – 69 ochko (1-o‘rin)

"Lids" (uyda)
"Liverpul" (safarda)
"Vest Xem" (safarda)
"Sautgempton" (uyda)
"Manchester Siti" (safarda)
"Chelsi" (uyda)
"Nyukasl" (safarda)
"Brayton" (uyda)
"Nottingem" (safarda)
"Vulverxempton" (uyda)

"Arsenal"ning yo‘li unchalik ham oson emas. Xususan, ular top yettilik jamoalarining 4 tasi bilan qayta uchrashadi. Shulardan uchtasi safarda kechadi. Shuningdek, taqvimdagi yana beshta jamoa turnirda qolish uchun kurashmoqda. Ha, "Arsenal" "Lids" bilan bahsda, balki qiynalmas. Ammo kelayotan "Liverpul" bilan bahs o‘ta murakkab kechadi. Negaki, "Arsenal" "Enfild"da 2012 yildan beri g‘alaba qozona olmay kelmoqda. Bu mavsumda "Manchester Siti" va "MYU" ham u yerdan mag‘lubiyat bilan qaytgan. "Vest Xem" va "Sautgempton" bilan g‘alabaga erishish mumkin. Shuningdek, "Bornmut" va "Aston Villa"ga qarshi ham uch ochkoni ammalasa bo‘ladi. Undan keyin "Manchester Siti" bilan o‘ta muhim bahs keladi. Ushbu jangda g‘alaba qozonish, kuchli ruhiy ustunlik beradi. Ko‘p o‘tmay, "Chelsi", "Nyukasl" va "Brayton" bilan sinovli davrlarni bosib o‘tish kerak. Shundan keyingi "Nottingem" va "Vulverxempton"ga qarshi o‘yinlar unchalik ham muammo bo‘lmaydi.

"Manchester Siti" – 2 o‘rin (61 ochko)

"Liverpul" (uyda)
"Sautgempton" (safarda)
"Lester" (uyda)
"Arsenal" (uyda)
"Fulxem" (safarda)
"Vest Xem" (uyda)
"Lids" (uyda)
"Everton" (safarda)
"Chelsi" (uyda)
"Brayton" (safarda) – sanasi aniqmas
"Brentford" (safarda)

"Shaharliklar" hisobida "Arsenal"ga nisbatan bitta ortiqcha o‘yin mavjud. O‘sha bahs 3 may kuni "Vest Xem"ga qarshi o‘tadi. Hattoki, Erling Xoland tarkibda bo‘lmasa ham "Liverpul"ni yengish Gvardiola uchun o‘ta muhimdir. Shundan keyin jon saqlash uchun kurash olib borayotgan "Lester" va "Sautgempton" bilan o‘yinlar bor. "Arsenal"ga qarshi bahs esa chempionlikni himoya qilishda hal qiluvchi ahamiyat kasb etishi mumkin. Keyingi o‘rinlarda murakkab sanalgan "Fulxem", "Vest Xem" va "Lids" bilan uchrashuvlar mavjud. "Manchester Siti"ga "Everton" bilan o‘yin muammo bo‘lmasligi aniq. "Chelsi" esa muammolardan chiqib keta olgani yo‘q. "Shaharliklar" bu klubni joriy mavsumda jami 3 marta, umumiy 7-0 hisobida mag‘lub etdi. "Brayton"ga qarshi o‘yin sanasi aniq bo‘lgach, 38-tur "Brentford" bilan safarda kechadi...

 

 

ISMATOV J.

Manba: football365.com
Kiritildi: 15:00, 01.04.2023.
O'qildi: 6659 marta.
Fikrlar: 15 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.