Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

APLda "katta oltilik chempionati". Joriy mavsumdagi o‘zaro to‘qnashuvlarda kim eng ko‘p ochkoga ega bo‘lmoqda?

APLda "katta oltilik chempionati". Joriy mavsumdagi o‘zaro to‘qnashuvlarda kim eng ko‘p ochkoga ega bo‘lmoqda?

Baho:
+ | -

APLda katta oltilik jangi chempionlik va kuchli to‘rtlikdagi kurashda muhim ahamiyat kasb etadi. Bundan 2022-23 yilgi mavsum ham mustasno emas. Doimgidek, APL bizga kuchli jamoalarning o‘zgaro bahslarida ajoyib va tomoshbop bahslarni taqdim etdi.

Bu mavsumda "Arsenal" alohida hikoya yarata oldi. Negaki, bu jamoa o‘zgarganini aynan turnirning kuchli jamoalari bilan kurashda namoyish etdi. Masalan, londonliklar mavsum davomida uy bahslarining faqat bittasida mag‘lub bo‘ldi. Safarda "MYU" va "Everton"ga yutqazdi xolos. Ammo "Liverpul" va "Chelsi" mag‘lub etildi. "Tottenxem" ikki bor taslim qilindi. "Qizil iblislar"dan esa uyda qasos olindi. Shunga qaramay, Mikel Arteta shogirdlari hali "Manchester Siti" bilan safarda chempionlik o‘yinida maydonga tushishi kerak. Bu bahs may oyida bosh sovrinni kim ko‘tarishini belgilab beradi. Umuman olganda, kuchli oltilikka qarshi qayd etilayotgan natijalar ijobiy o‘zgarishlardan darak beradi. Negaki, o‘tgan mavsumda "Arsenal" 10 ta muhim o‘yinning 7 tasida mag‘lub bo‘lgandi.

Boshqa tomonda "Manchester Siti" ajoyib yurishini davom ettiryapti. Gvardiola jamoasi "Liverpul" va "MYU"ga safarda imkoniyatni boy bergandi. Ammo "Arsenal", "Chelsi", "Tottenxem", "Liverpul" va "MYU"ni mag‘lub etdi. Yurgen Klopp jamoasi ustidan qozonilgan yirik g‘alaba "shaharliklar"ning hali chempionlik poygasida ekanini anglatadi.
Yana bir o‘zgargan jamoa – bu "Manchester Yunayted". Erik ten Xag o‘z futbolchilar bilan ajoyib ishlarni amalga oshira oldi. Masalan, uyda "Manchester Siti", "Arsenal" va "Tottenxem" mag‘lub etildi. Ammo safarda "shaharliklar" va to‘pchilarga imkoniyat boy berilib, "Liverpul"dan sharmandali, 7-0 hisobidagi mag‘lubiyat qabul qilib olindi.

Afsuski, hozir kuchli oltilik jamoalarining hammasi ham turnir jadvali yuqorisida emas. Masalan, ro‘yxatning ikkinchi qismiga tushib ketgan "Chelsi" va o‘ziga kelolmayotgan "Liverpul" o‘rniga "Brayton", "Brentford" va "Nyukasl" kabi ӯrtamiyona jamoalar joylashib olgan. Shu o‘rinda Eddi Xau boshchiligidagi "qarg‘alar"ni alohida ta’kidlash kerak. Agarda bu jamoa o‘sishda davom etsa, yaqin yillarda kuchli oltilik, yettilikka aylanadi. Negaki, joriy yilning o‘zidan "Nyukasl" YECHL yo‘llanmasi uchun kurasha boshladi.
Quyida kuchli oltilik jamoalarining o‘zaro natijalari va ochkolariga qarab tuzilgan jadval bilan tanishasiz.

1. "Manchester Siti" – 15 ochko

O‘yinlar: 8 ta
G‘alabalar: 5 ta
Duranglar: 0 ta
Mag‘lubiyatlar: 3 ta
Gollar: 19 ta
O‘tkazilgan gollar: 11 ta
Gollar nisbati: +8

2. "Arsenal" – 15 ochko

O‘yinlar: 7 ta
G‘alabalar: 5 ta
Durang: 0 ta
Mag‘lubiyatlar: 2 ta
Gollar: 14 ta
O‘tkazilgan gollar: 11 ta
Gollar nisbati: +3

3. "MYU" – 13 ochko

O‘yinlar: 7 ta
G‘alabalar: 4 ta
Duranglar: 1 ta
Mag‘lubiyatlar: 3 ta
Gollar: 15 ta
O‘tkazilgan gollar: 20 ta
Gollar nisbati: -5

4. "Liverpul" – 10 ochko

O‘yinlar: 7 ta
G‘alabalar: 3 ta
Duranglar: 1 ta
Mag‘lubiyatlar: 3 ta
Gollar: 14 ta
O‘tkazilgan gollar: 10 ta
Gollar nisbati: +4

5. "Tottenxem" – 7 ochko

O‘yinlar: 8 ta
G‘alabalar: 2 ta
Duranglar: 1 ta
Mag‘lubiyatlar: 5 ta
Gollar: 9 ta
O‘tkazilgan gollar: 15 ta
Gollar nisbati: -6

6. "Chelsi" – 3 ochko

O‘yinlar: 6 ta
G‘alabalar: 0 ta
Duranglar: 3 ta
Mag‘lubiyatlar: 3 ta
Gollar: 3 ta
O‘tkazilgan gollar: 7 ta
Gollar nisbati: -4

 

 

ISMATOV J.

Manba: planetfootball.com
Kiritildi: 18:00, 02.04.2023.
O'qildi: 2239 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.