Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

"Arsenal" bundan oldin APL tarixida besh marta aprel oyida yetakchilik qilgan. O‘shanda yakun qanday bo‘lgandi?

"Arsenal" bundan oldin APL tarixida besh marta aprel oyida yetakchilik qilgan. O‘shanda yakun qanday bo‘lgandi?

Baho:
+ | -

"Arsenal" Emirates stadioniga ko‘chganidan beri ilk bor aprel oyida ham yetakchilikni ushlab turibdi. Barcha, to‘pchilarning keyingi taqdiri nima bo‘lishiga qiziqmoqda. Mikel Arteta shogirdlari mavsum oxiriga qadar sovuqqonlikni ushlab qola oladimi? Albatta, bu juda katta jumboq bo‘lib turibdi. "Manchester Siti" qiyin o‘yinda "Liverpul"ni taslim etib, oradagi farqni 5 ochkogacha qisqartirgan edi. Ammo ko‘p o‘tmay, "Arsenal" 8 ochkolik farqni yana tikladi. Har ikki jamoa raqiblarini 4-1 hisobida mag‘lub etdi. Oxirgi marotaba londonliklar 2007-2008 yilgi mavsumda 29 ta turdan keyin ham yetakchilik qilgan. Quyida "Arsenal"ning APL tarixidagi yetakchilik qilgan yillariga nazar tashlaymiz.

2003-04

Barcha "Arsenal" shaydolari o‘sha mavsum qanday tugaganidan xabardor. Venger shogirdlari fevral oyida yetakchilik qilib, bu ustunlikni martda ham saqlab qoladi. 1-1 hisobidagi "MYU" bilan durang, 9 talik g‘alabali seriyani buzib qo‘yadi. Ammo mag‘lubiyatsiz mavsumga ta’sir etmaydi. Aprelda to‘pchilar YECHL va Angliya kubogi musobaqasidan "Chelsi" va "MYU" tomonidan chiqarib yuboriladi. Biroq, APLdagi zafarli yurishlar davom etadi. Arsen Venger so‘nggi 8 ta turning 4 tasini durang bilan yakunlaydi. Shunga qaramay, mavsum mag‘lubiyatsiz, eng yaqin ta’qibchi bo‘lgan "Chelsi"dan 11 ochko oldinda yakunlanadi.

2002-2003

2002-03 yilgi mavsumni "Arsenal" qolgan jamoalarga qaraganda ko‘proq vaqt top-pog‘onada o‘tkazgan. Venger jamoasi noyabrdan to aprelga qadar yetakchi maqomida bo‘ladi. Pasayish aprel avvalidan boshlanadi. 1-1 hisobida "Aston Villa" bilan durang, ochko yo‘qotish estafetasini boshlab bergandi. Shundan keyi 2-2 hisobida "MYU" bilan yana bir durang qayd etildi. "Lids"ga may oyida, uyda 3-2 hisobida imkoniyat boy beriladi. Ha, mavsum keyinchalik "Sautgempton" (6-1) va "Sanderlend" (4-0) bilan yirik g‘alabalar qozongan holda tugatilgan. Biroq, ancha kech edi. Negaki, "MYU" 5 ochko o‘zib ketishga ulgurgandi.

2001-2002

Ushbu mavsumda yanvar oyi davomida 4-o‘rin band etib turilgandi. Ammo 13 ta o‘yinda ketma-ket g‘alaba qozonish, jamoani yetakchiga aylantiradi. Silven Viltordning "Old Trafford"dagi afsonaviy goli APL chempionligini rasmiylashishiga olib keladi.

1998-1999

Dastlabki 5 o‘yinning faqat bittasi g‘alaba bilan yakunlanadi. Noyabr-dekabr oylari "Arsenal" uchun omadsiz keladi. Shunga qaramay, Venger yigitlari Rodjestvodan keyin o‘nglanib, katta muvaffqiyatga erishadi. "MYU" bilan o‘rtadagi farq ancha qisqaradi. Aprel oyida "qizil iblislar" quvib o‘tiladi. Afsuski, so‘nggi turlardagi muvaffaqiyatsizliklar to‘pchilarga qimmatga tushadi. Mavsum Fergyusonning zafari bilan tugaydi.

1997-1998


"Uimbldon" ustidan qozonilgan g‘alaba 10 seriyalik g‘alabaning yettinchisi edi. Aprelda "MYU" ortda qoldiriladi. "Barnsli", "Derbi" va "Everton" ustidan qozonilgan g‘alabalar "Arsenal"ni APL davrida ilk bor chempionga aylantiradi. O‘sha mavsumning so‘nggi ikkita o‘yini "Liverpul" (4-0) va "Aston Villa"ga (1-0) mag‘lubiyat bilan tugaydi. Ammo bu natijalar hech narsani anglatmas edi.

 

 

ISMATOV J.

Manba: planetfootball.com
Kiritildi: 21:29, 02.04.2023.
O'qildi: 3766 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.