Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli 1-0 Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna 3-2 Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest 0-0 Arsenal
18/01 00:45 Kalyari 1-0 Yuventus
18/01 01:00 Betis 2-0 Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan - Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad - Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona

A Seriya va Liga 1 gegemonlariganing qoqilishi. Oddiy sabab va tahlil

A Seriya va Liga 1 gegemonlariganing qoqilishi. Oddiy sabab va tahlil

Baho:
+ | -

Yakuniga yetgan hafta milliy chempionatlar doirasida ayrim top klublar uchun omadsiz keldi. Kecha bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarda bir qancha sensasion natijalar qayd etildi.

"Napoli" o‘z uyida "Milan"ni qabul qilib, kutilmaganda 0:4 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Mazkur bahsda mezbonlar yetakchisi Viktor Osimxen jamoasiga yordam berolmadi. Natijada Xvicha hujumda o‘zini yolg‘iz his qildi. U bilan tandem sifatida harakat qilgan Simeone hamda ikkinchi taymda maydonga tushirilgan Raspadori ham Osimxenning o‘rnini bosa olmadi. Shuningdek, mezbonlarning himoyasida ham ancha muammolar borligi bugungi uchrashuvda yaqqol bilinib qoldi. Oqibatda, javobsiz 4 ta gol qabul qilib olishga majbur bo‘ldi.

To‘g‘ri, "Milan" ham g‘alabaga o‘zidan-o‘zi erishgani yo‘q. Mehmonlar realizasiyada maydon egalaridan ko‘ra ancha ustunlik qildi, ya’ni vaziyatlardan maksimal darajada foydalanib, bu borada raqibiga o‘ziga xos master-klass ko‘rsatib berdi. "Rossonerilar" tarkibida Teo, Leau hamda Jiru kabi futbolchilarning darajasi ham o‘yin natijasiga ancha ta’sir ko‘rsatdi.

"Napoli" tarkibida aynan Osimxenning o‘rnini egallaydigan futbolchi topilmadi. Na Simeone va na Raspadori uning rolida o‘ynay oldi.

SSC Napoli v AC Milan - Serie A TIM

Endi Fransiya taraflarga nazar tashlaymiz. Liga 1 doirasida peshqadam PSJ o‘z uyida "Lion"ni qabul qilib sensasion tarzda mag‘lub bo‘ldi. Hisob - 0:1.

O‘yin to‘liq parijliklar nazoratida o‘tgan bo‘lsa-da, vaziyatlardan foydalanishda mehmonlar ajoyib natija ko‘rsatishdi. Parij klubi safida Neymarning yo‘qligi ham sezildi. Xabaringiz bor, braziliyalik futbolchi jarohat olib, mavsumning qolgan qismini o‘tkazib yuborishga majbur. Shuningdek, "Napoli"da ham PSJda ham yetakchi futbolchilar FIFA kunlarida terma jamoasiga yordam berish uchun jo‘nab ketishgandi. Qaytishi bilanoq ikki klub o‘z chempionatlarida markaziy uchrashuvda maydonga tushdi. Futbolchilarning jismoniy holati ham mazkur bahslarda ancha pand bergani ayon bo‘ldi. Liderlarning o‘rnini bosish kerak bo‘lgan futbolchilarning darajasi esa ularchalik emas.

FBL-FRA-LIGUE1-PSG-RENNES

Ikki klub ham o‘z chempionatida yetakchilik qilayotgandi. Ularning bu mag‘lubiyatini FIFA kunlaridan keyingi charchoq alomatlari bilan bog‘lab turamiz. Biroq keyingi uchrashuvlarda bu sabab bo‘la olmasligi aniq.

Kiritildi: 18:50, 03.04.2023.
O'qildi: 1556 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.