Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Dunyoning eng qimmat futbolchilaridan tuzilgan ramziy terma jamoa

Dunyoning eng qimmat futbolchilaridan tuzilgan ramziy terma jamoa

Baho:
+ | -

Kilian Mbappe dunyoning eng qimmat hujumchisi sifatida e’tirof etiladi. "PSJ" futbolchisining narxi 158 million funtni tashkil etadi. Mbappening transfer narxi, uning moashiga ham ta’sir o‘tkazdi. Ayni damda Fransiya terma jamoasi a’zosi yiliga 80 million funt moash olmoqda. Uning daromadlari Jahon chempionatidan keyin yanada oshdi. Mbappe mundial finalida 3 ta golga mualliflik qilgandi. Umumiy turnirda esa 8 ta gol urdi. Ammo "Manchester Siti" hujumchisi Erling Xoland ham undan qolishmaydi. Ushbu juftlik yaqin yillar ichida "Oltin to‘p" uchun kurashadi deb ishoniladi.

Erling Xoland joriy mavsumda 37 o‘yinda jami 42 ta golga mualliflik qildi. Transfermarkt'ga ko‘ra, norvegiyalikning qiymati 149 million funtga teng. Xoland jahonning eng qimmat futbolchilari ro‘yxatidan joy oldi. Shuningdek, ramziy terma jamoada yana ikkita APL yulduzi bor. Angliya terma jamoasi a’zolari Ris Jeyms va Bukayo Saka shulardir. Xususan, Jeyms 61 millionga loyiq ko‘rilgan. Bukayoning narxi esa 97 million funtga teng. Shunga qaramay, Saka eng qimmat ingliz futbolchisi emas. Bu nomga boshqa bir yosh yulduz erishdi.

Jud Bellingem 105 million funt narxga ega va bu bilan u eng qimmat yarim himoyachi nomini oldi. "Borussiya Dortmund" futbolchisiga eng katta klublar da’vo qilmoqda. Nemis jamoasi esa o‘z yulduzini 130 million funtga sotmoqchi. 19 yoshli yarim himoyachi ramziy terma jamoaning yarim himoyasida "Barselona" iqtidori Pedri bilan yonma-yon turadi. Ispaniyalik futbolchining narxi 88 million funtga teng. Shuningdek, "Bavariya" vakil Jamal Musiala ham ro‘yxatda mavjud va u 97.5 million funtga baholangan.

Himoyada Musialaning klubdagi sheriklari Matteys de Ligt hamda Alfonso Devislar bor. Ularning har biri 61 milliondan narxga ega. De Ligtning narxi 66 milliongacha ko‘tarilishi mumkin. "Bavariya" uni "Yuventus"dan aynan shu narx evaziga sotib olgandi. Himoyada yana bir juda ham yosh va iste’dodli vakil mavjud. Xorvatiya terma jamoasi a’zosi Yoshko Gvardiol markaziy himoyada 66 million funtlik narxga egalik qilmoqda. "Leysig" uni bunday arzon baholamasligini bildirgan. "Chelsi" Gvardiolni bu yozda sotib olishga harakat qiladi. Darvozabon o‘rni "Real" posboni Tibo Kurtuaga nasib etdi. Uning narxi 52.6 million funtga teng.

 

 

ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 18:03, 06.04.2023.
O'qildi: 3581 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.