Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/01 00:45 Lasio - Komo
11/01 01:00 Rayo Valyekano - Selta
11/01 18:00 Alaves - Jirona
11/01 19:00 Empoli - Lechche
11/01 19:00 Udineze - Atalanta
11/01 20:15 Valyadolid - Betis
11/01 22:00 Torino - Yuventus
11/01 22:30 Espanyol - Leganes

Hafta yakunida bizni super voqealiklar kutmoqda: "Liverpul" "Arsenal"ga qarshi, Lempard yana rulda...

Hafta yakunida bizni super voqealiklar kutmoqda: "Liverpul" "Arsenal"ga qarshi, Lempard yana rulda...

Baho:
+ | -

Ko‘rish kerak bo‘lgan uchrashuv – "Liverpul" - "Arsenal"

Har ikki jamoaning so‘nggi o‘yinlardagi natijalari turlicha. Bu esa APL peshqadami bo‘lgan "Arsenal"ga ustunlik beradi. "Liverpul"ning yorqin davrlari ortda qolganligi tufayli, ko‘pchilik Mikel Arteta bu bahsda yana bir bor g‘alaba qozonadi deb o‘ylamoqda. Biroq, bu aldamchi taassurot bo‘lishi mumkin. Ha, "Liverpul" o‘ta beqaror va omadsiz davrlarni boshdan kechirmoqda. Ammo ular so‘nggi bor "Enfild"da "MYU" bilan to‘qnash kelgan va raqibni 7-0 hisobida yakson etgandi. Klopp o‘sha rejimni yoqib olishi ham mumkin. Garchand har narsa bo‘lish ehtimoli saqlanib qolsada, manzara, umumiy olganda "Arsenal"da yaxshiroq ko‘rinadi. Klopp ham bekorga bo‘lajak raqib haqida "ular uchyapti, jamoa super futbol o‘ynamoqda, ochig‘i ularning o‘yinini ko‘rib zavq olasan" demagan edi. "Arsenal"ning bu mavsumdagi yoqimli o‘yinlarning asosida jamoaning kuchli irodasi yotadi. Bu mavsumda qanday sinov kelmasin, Arteta jamoasi hammasini matonat bilan yengib o‘tmoqda. Lekin "Liverpul" ham o‘z o‘yinini o‘ynasa, chempionlikdan to‘qqiz tur ajratib turgan to‘pchilar ancha qiyin ahvolda qolib ketadi.

Ko‘rish kerak bo‘lgan murabbiy – Frenk Lempard

Todd Byoli mavsumning qolgan qismini jiddiy olmaganida, biz Lempardning qaytganini, balki ko‘rmagan bo‘lardik. Ha, u jamoaga shunchaki qaytarilmadi. Uning bo‘ynida juda ham jiddiy topshiriq bor. U ham bo‘lsa, "Chelsi"ni "Real" to‘sig‘idan olib o‘tishdir. Lempard nomi "Chelsi" maydoni va muxlislari orasida mashhur. Uni hamma taniydi va katta ehtimol bilan nimalarga qodir ekanini ham biladi. Lempardning qanday qaytganini esa shanba kungi "Vulverxempton"ga qarshi o‘yin ko‘rsatib beradi. Keyingi manzil esa "Santyagu Bernabeu" stadioni bo‘ladi. Aslini olganda, bunday qisqa muddatda jamoani avvalgi holiga qaytarish ancha murakkab kechadi. Lekin Lempard o‘z uslubidan foydalanishi ham mumkin. Jamoa imkoniyatlardan foydalanish tugul, xavfli vaziyat yaratishga qiynalayotgandi. "Aston Villa"ga qarshi o‘yinda shu narsa namoyon bo‘ldi. "Liverpul" bilan durang kechgan bahsda imkoniyatlar yaratildi. Ammo undan foydalanishda muammolar yuzaga keldi. Lempard hozirgi vaziyatda taktika, himoya va tashkiliy qism kabi kompleks tuzilmalardan xavotir olmasa ham bo‘ladi. Bu borada jamoa hali darz ketib ulgurmagandi. Shunchaki, oldindagi hujumchilarni "uyg‘otib" yuborish kerak xolos.

Ko‘rish kerak bo‘lgan klub – "Nottingem"

London klubi uchun bu hafta yakuni hal qiluvchi ahamiyat kasb etishi mumkin. Negaki, "Lids"ga qarshi o‘yindan keyin klub rahbarlari murabbiy almashtirishni o‘ylay boshlagan bo‘lishi mumkin. Negaki, jamoa so‘nggi 8 ta o‘yinda g‘alaba nimaligini bilmay kelmoqda. Buning natijasida "Nottingem" APLdan tushib ketish xavfi ostida qoldi. Jamoani hozirda faqat gollar farqi xavfli zonadan ajratib turibdi. Vaziyatdan chiqib ketish uchun esa qattiq mehnat va natija kerak. "Aston Villa"ga qarshi ochko olish oson bo‘lmaydi. Negaki, Unai Emeri jamoasi allaqachon yaxshi shakllanib oldi. Stiv Kuperdan bu o‘yinda muammoga yechim topishi va qanday bo‘lmasin ochko olishi talab etiladi.

Ko‘rish kerak bo‘lgan futbolchi – Ayvan Tauni

Tauni shanba kuni baland uchayotgan "Nyukasl" "pufagiga igna sanchishi" kerak bo‘ladi. U bir paytlar, 2015-18 yillarda "qarg‘alar" futbolchisi sifatida harakat qilgan. Ammo vaqtining asosiy qismi ijaralarda o‘tgan edi. Hujumchi atigi yarim million funt evaziga 2018 yilda "Piterboro"ga sotib yuboriladi. Tauni "Brentford"ga kelgach, o‘z jamoasini APLga olib chiqdi. Endi uning oldida turgan vazifa, "Nyukasl"ni mag‘lub etish. Tauni ertaga sobiq jamoasi bilan bu ishni uddalashga harakat qilib ko‘radi.

 

 

 


ISMATOV J.

Manba: football365.com
Kiritildi: 14:46, 07.04.2023.
O'qildi: 1715 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.