Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

YECHL. Gvardiola sobiq jamoasiga qarshi yoxud buzoqning yugurgani somonxonagacha(mi?) (prevyu)

YECHL. Gvardiola sobiq jamoasiga qarshi yoxud buzoqning yugurgani somonxonagacha(mi?) (prevyu)

Baho:
+ | -

Yevropa Chempionlar ligasining chorak-finalida fantastik to‘qnashuv bor. Bu seshanba kuni bo‘lib o‘tadigan "Manchester Siti" va "Bavariya" o‘rtasidagi o‘yindir. Har ikki tomon ham mavsumni favorit sifatida boshlagan edi. Hozir ham bu borada hech narsa o‘zgargani yo‘q. Xususan, bu jamoalar o‘z ichki chempionatlarida yaxshi imkoniyatga ega bo‘lib turibdi. Tabiiyki, ikki tomonning ham YECHLni chorak finalda tugatish rejasi mavjud emas. Ammo ulardan biri turnirni tark etishi lozim. Quyida ushbu uchrashuvga doir eng muhim va qiziqarli ma’lumotlar taqdim etiladi.

Jamoalar qayerda uchrashadi?

Joy: Manchester, Angliya
Stadion: "Etihad"
Vaqt: 11 aprel, seshanba
Start: mahalliy vaqt bilan 20:00, Toshkent vaqti bilan 00:00
Bosh hakam: Xesus Xil Mansano (Ispaniya)
VAR: Xuan Martines Munuera (Ispaniya)
O‘zaro o‘yinlarda:
"Manchester Siti" – 3 ta g‘alaba
"Bavariya" – 2 ta g‘alaba
So‘nggi to‘qnashuv: "Man Siti" 3, "Bavariya" 2. (2014 yil, noyabr)
Jamoalar sport formasi(oxirgi 5 ta):
"Man Siti" – 5 ta g‘alaba
"Bavariya" – 3 ta g‘alaba, 2 ta mag‘lubiyat

"Manchester Siti" haqida

"Shaharliklar" safida hujumchi Fil Foden bahsni o‘tkazib yuboradi. U yaqinda jarrohlik amaliyotini (ko‘richak tashxisi bilan) boshidan o‘tkazgan edi. Shunga qaramay, "Manchester Siti" to‘liq kuch bilan maydonga tushadi. Gvardiola jamoasi "Sautgempton"ga qarshi o‘yinda bir nechta yulduz futbolchilariga dam olish imkonini bergandi. Xususan, Erling Xoland "Bavariya" bilan o‘yinlarda ajoyib natijaga ega. U so‘nggi 7 ta bahsda myunxenliklar darvozasiga 5 ta to‘p kiritgan.

"Bavariya" haqida

Joau Kanselu o‘z jamoasiga qarshi o‘yinda ishtirok etishi mumkin bo‘ladi. Negaki, UYEFA avvalgi, ijarachi klub safida, asl jamoasiga qarshi maydonga tushmaslik qoidasini bekor qildi. Ammo Kanselu o‘yinni zaxirada boshlashi kutilmoqda. Negaki, "Bavariya" asosiy tarkibiga Dayo Upamekano yana qaytdi. Benjamin Pavar esa o‘ng qanotdan joy oladi. Sadio Mane, Serj Gnabri va Jamal Musialalar "Frayburg" bilan bahsda maydonda harakat qilgan. Ular ertangi bahsga ham tayyor bo‘ladi. Jamoaga yordam bera olmaydiganlar ro‘yxatida Manuel Noyer, Lukas Ernandes, Matis Tel hamda Erik Shupo-Motinglar bor.

Taxminiy tarkiblar:

"Man Siti" – Ederson, Akanji, Dias, Ake, Stounz, Rodri, Silva, Gyundogan, De Bryuyne, Grilish, Xoland.

"Bavariya" – Zommer, Pavar, Upamekano, De Ligt, Devis, Kimmix, Goreska, Gnabri, Musiala, Sane, Myuller.

Ushbu to‘qnashuvda avvaldan hisobni taxmin qilish juda ham qiyin. Negaki, har ikki tomon Yevropaning eng yaxshi klublari sanaladi. Sport formasiga ko‘ra, "Manchester Siti" o‘yin uchun yaxshiroq darajada yetib keldi. Shu sababdan, uy omilini hisobga olgan holda aytish mumkinki, "shaharliklar" g‘alabaga erishsa kerak.

Taxminiy hisob: 3-2, "Manchester Siti" foydasiga.

 

 

ISMATOV J.

Manba: 90min.com
Kiritildi: 16:22, 10.04.2023.
O'qildi: 2016 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик