Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/09 00:00 Selta 0-1 Atletiko
27/09 17:00 Qizilqum 1-0 Metallurg
27/09 17:30 Tailand 2-5 Fransiya
27/09 19:15 OKMK 1-0 Lokomotiv
27/09 20:00 Argentina 2-0 Xorvatiya
27/09 23:45 Milan 3-0 Lechche
28/09 00:00 Valyadolid 1-2 Malyorka
28/09 16:30 Nyukasl - Manchester Siti
28/09 17:00 Xetafe - Alaves
28/09 17:00 Bunyodkor - Nasaf
28/09 18:00 Udineze - Inter
28/09 19:00 Arsenal - Lester
28/09 19:00 Brentford - Vest Xem
28/09 19:00 Everton - Kristal Pelas
28/09 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
28/09 19:00 Chelsi - Brayton
28/09 19:15 Rayo Valyekano - Leganes
28/09 21:00 Jenoa - Yuventus
28/09 21:30 Real Sosyedad - Valensiya
28/09 21:30 Vulverhempton - Liverpul
28/09 23:45 Bolonya - Atalanta
29/09 00:00 Osasuna - Barselona
29/09 15:30 Torino - Lasio
29/09 17:00 Selta - Jirona
29/09 18:00 Roma - Venetsiya
29/09 18:00 Komo - Verona
29/09 18:00 Ipsvich - Aston Villa
29/09 19:15 Atletik Bilbao - Sevilya
29/09 20:30 Man. Yunayted - Tottenhem
29/09 21:00 Empoli - Fiorentina
29/09 21:30 Betis - Espanyol
29/09 23:45 Napoli - Monsa
30/09 00:00 Atletiko - Real Madrid

APLning barcha davrlardagi turnir jadvali bilan tanishing: "MYU" yetakchi, "Arsenal" ikkinchi o‘rinda...

APLning barcha davrlardagi turnir jadvali bilan tanishing: "MYU" yetakchi, "Arsenal" ikkinchi o‘rinda...

Baho:
+ | -

Angliya Premyer-ligasi bizga 30 yildan oshiq davr mobaynida hamrohlik qilib kelmoqda. Bu davr mobaynida turnir doirasida minglab o‘yinlar o‘tkazildi. 1992 yildan to hozirga qadar faqat oltitagina jamoa ("Arsenal", "Chelsi", "Everton", "Liverpul", "MYU" va "Tottenxem") doimiy qatnashchi sifatida turnir ishtirokchisi bo‘lib kelmoqda. Qolgan klublar ba’zi paytlarda quyi ligaga tushib ketgan. Ularning ayrimlari esa faqat bir mavsum davomida ushbu nufuzli musobaqa qatnashchisi bo‘lgan xolos. Xo‘sh, uchta dekadani hisobga olganda, barcha davrlarning eng yaxshi jamoasi kim?

Garchand yaqin yillar davomida ancha og‘ir davrlarni boshdan o‘tkazgan bo‘lsa ham, "Manchester Yunayted" ochko to‘plash borasida yaqqol yetakchilikni saqlab turibdi. Bu klub 31 yilda 13 marta chempionlikni qo‘lga kiritgan edi. Ikkinchi o‘rinda "Arsenal" qayd etiladi. Ammo londonliklar so‘nggi o‘n yilliklardagi pasayish sababli "Chelsi"ga o‘z pozisiyasini boy berib qo‘yish arafasida turibdi. Ayni damda ikki London klubini 19 ochko ajratib turibdi. 2022-23 yilgi mavsumdan ilgari bu farq ancha kichkina edi.

Barcha davrlar jadvalida eng tez o‘sishga erishgan klub bu "Manchester Siti" sanaladi. Bu jamoa 1990 yillar oxiri 2000 yillar boshida eng quyi ligalarda harakat qilardi. Shunga qaramay, shaharliklar ikki o‘n yillikda 6 o‘ringa ko‘tarib oldi.
Shunisi ajablanarliki, hozirda APL ishtirokchisi bo‘lmasa ham, "Blekbern Rovers" umumiy turnir jadvalida 12 o‘rinni egallaydi. Bu klub 1995 yilda chempionlikni qo‘lga kiritgan edi. Qolaversa, ular ayni damdagi "Lids", "Kristal Pelas" va "Lester Siti"dan balandroqda aks ettiriladi. Shunday qilib, fikrimiz isboti quyida keltiriladi. Jadval jamoalarning 1992 yilning sentyabridan 2022 yilning noyabriga qadar yig‘gan ochkolari hisobga olingan holda shakllantirilgan.


1. "Manchester Yunayted" – 2422 ochko
2. "Arsenal" – 2214 ochko
3. "Chelsi" – 2177 ochko
4. "Liverpul" – 2153 ochko
5. "Tottenxem" – 1840 ochko
6. "Manchester Siti" – 1696 ochko
7. "Everton" – 1601 ochko
8. "Nyukasl" – 1466 ochko
9. "Aston Villa" – 1405 ochko
10. "Vest Xem" – 1288 ochko
11. "Sautgempton" – 1086 ochko
12. "Blekbern Rovers – 970 ochko
13. "Lids Yunayted" – 818 ochko
14. "Lester Siti" – 812 ochko
15. "Fulxem" – 679 ochko
16. "Midlsbro" – 664 ochko
17. "Sanderlend" – 618 ochko
18. "Kristal Pelas" – 597 ochko
19. "Bolton" – 575 ochko
20. "Vest Brom" – 490 ochko.

Shuningdek, bugungi kunda turnirda ishtirok etayotgan, ammo kuchli yigirmatalikka kira olmagan jamoalar ham bor. Ular:
"Vulverxempton Uonderers" – 379 ochko
"Nottingem" – 266 ochko
"Brayton" – 255 ochko
"Bornmut" – 241 ochko
"Brentford" – 89 ochko.

 

 

ISMATOV J.

Manba: planetfootball.com
Kiritildi: 16:38, 12.04.2023.
O'qildi: 2776 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.