Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni 0-2 Eron
30/01 13:00 Avstraliya 2-4 O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya 0-7 Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston 0-3 Yaponiya
31/01 00:45 Lasio 3-2 Jenoa
31/01 01:00 Espanyol 1-2 Alaves
31/01 13:00 Tailand - Vyetnam
31/01 13:00 Kuvayt - Livan
31/01 17:00 Indoneziya - Iroq
31/01 17:00 Qirg‘iziston - Janubiy Koreya
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem
01/02 00:45 Kalyari - Verona
01/02 01:00 Elche - Barselona
01/02 01:00 Liverpul - Nyukasl
01/02 13:00 Yaponiya - O‘zbekiston
01/02 13:00 Tojikiston - Avstraliya
01/02 17:00 Eron - Afg‘oniston
01/02 17:00 Saudiya Arabistoni - Malayziya

"Chelsi" Ruben Amorim qo‘l ostida qanday tarkibga ega bo‘ladi?

"Chelsi" Ruben Amorim qo‘l ostida qanday tarkibga ega bo‘ladi?

Baho:
+ | -

"Chelsi" keyingi mavsumda yangi murabbiyga ega bo‘ladi. Agarda jamoa Ruben Amorimni olib keladigan bo‘lsa, asosiy tarkib hozirgisidan mutlaqo boshqacha ko‘rinish olishi mumkin. APLda o‘ta omadsiz qatnashayotgan jamoa, "Sporting" ustozini hammasini o‘nglashiga ishonch bildirishi mumkin. Ayni damda "Chelsi" Grem Potterga o‘rinbosar topishga juda ham qiynalmoqda. Amorim esa hamma masalaga yechim bo‘lishi mumkin. Negaki, u allaqachon Portugaliyada o‘zini ko‘rsatib ulgurgan. 38 yoshli mutaxassis "Sporting"ni 2021 yilda chempionga aylantirgan edi. Bundan tashqari u o‘zi ishlagan jamoalarda liga kubogini uch marta qo‘lga kiritgan. Agarda Amorim "Chelsi"ga kelsa, jamoa tarkibida va uslubida katta o‘zgarishlar yasalishi taxmin qilingan.

Ruben Amorimning "Chelsi"ga kelgach qiladigan birinchi ishi, bu yarim himoyaga sobiq "Sporting" futbolchisi Joau Palinyani olib kelish bo‘ladi. 27 yoshli futbolchi hozirda "Fulxem" safida harakat qilmoqda. U ko‘plab klublar qiziqishiga sabab bo‘lmoqda. Agarda u "Chelsi"ga kelsa, u holda Enso Fernandes bilan maydon markazini qo‘lga olishi mumkin bo‘ladi. Yana bir yarim himoyaga olib kelinadigan futbolchi bu "Vulverxempton" yulduzi Mateus Nunesdir. U "Chelsi"ga qarshi o‘tgan turda fantastik goli bilan jamoasiga g‘alaba olib kelgandi. 24 yoshli hujumkor futbolchi ham Amorim qo‘l-ostida harakat qilgan. Agarda Nunes shunday temptda davom etsa, shubhasiz uning keyingi faoliyati katta klublardan birida davom etadi.

Nunesning o‘sha, "Chelsi" darvozasiga urgan goli haqida "Vulvz" afsonasi Stiv Bull shunday degandi: "Bu g‘alaba goli hayotimda ko‘rgan eng chiroylilaridan biri. U menga Marko van Bastenning 1988 yilgi Yevropa chempionatida urgan golini esimga soldi. Goldan keyin Mateus Nunesning yuziga e’tibor berdim. U xursand edi. Futbolchilar goldan keyin quvonishi shart. Aks holda, ular qayta gol urishga qiynaladi".

Darhaqiqat, gollar urish "Chelsi"ning joriy mavsumdagi eng og‘riqli nuqtalaridan biri bo‘lib turibdi. Klub 30 ta liga o‘yinida jami 29 tagina golga mualliflik qilgan. Bu esa o‘ta kamdir. Shu sababdan yangi mavsumda rahbariyat yozda hujumga yana bir yulduzni jalb etishi mumkin. Albatta, bu xarid Amorim tavsiyasi bilan bo‘ladi. Fransiya terma jamoasi a’zosi Kristofer Nkunku o‘sha futbolchidir. "Leypsig" yulduzi 53 million funt atrofida baholanayotgani aytiladi. Ko‘ramiz, bu masala qanday yakun toparkin. Shuningdek, xabarlarda "Chelsi" "Napoli" hujumchisi Viktor Osimxenni ham sotib olishi haqida ma’lumotlar keltirildi. Todd Boeli bu ishni YECHL futbolisiz ham eplashi mumkin ekan. Agarda shunday bo‘lsa, "Chelsi" Ruben Amorimning 4-3-3 hujumkor taktik sxemasiga moslanadi. "Sporting" ayni damda shunday hujumkor sxemani amalda qo‘llab kelmoqda.

 

 


Ismatov J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 21:55, 15.04.2023.
O'qildi: 3119 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.