Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Abbos G‘ulomov: «Hozir ayni o‘ynaydigan yoshdaman»

Abbos G‘ulomov: «Hozir ayni o‘ynaydigan yoshdaman»

Baho:
+ | -

Shonli tarixi bilan alohida maqtanishga haqli bo‘lgan sanoqli klublarimizdan biri «Neftchi» yangi mavsumni kutilganidan-da  ko‘tarinki ruhda boshladi - Vitaliy Levchenko shogirdlari Superliganing dastlabki 5ta turidan so‘ng 13 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlikni qo‘lga olishdi. Farg‘onaliklar jumladan, 5-turda «Andijon»ni nisbatan oson mahv etishdi - 2:0. Maxsus muxbirimiz 6-tur o‘yini arafasida «Neftchi» bazasiga tashrif buyurib, jamoa o‘yinlarida chakki taassurot uyg‘otmayotgan ikki futbolchi - Abbos G‘ulomov va Nurillo To‘xtasinovni suhbatga tortdi.

- Avvalo, «Andijon»ga qarshi kechgan «Vodiy derbisi» haqida: jamoangiz nav­batdagi 3 ochkoni rasmiylashtirdi, demak, uchrashuv sizda yaxshi taassurot qoldirganini taxmin qilish qiyin emas.

- Hammaga ma’lum, derbi maqomidagi o‘yinlarning o‘ziga yarasha murakkab tomonlari bor va ularda hamisha murosasiz ruh ufurib turadi. «Andijon»ga qarshi bahsda ham keskinlik sezildi ma’lum darajada. Shukrki, murabbiylar ko‘rsatmalarini to‘g‘ri bajarish evaziga g‘alaba qozondik. O‘zi bu o‘yinda bizni boshqacha natija aslo qoniqtirmasdi ham.

- Rahbariyat mavsum avvalida «Neftchi» oldiga aniq bir vazifa belgilamagani aytilmoqda. Shunday bo‘lsada, jamoa a’zolari qandaydir marra sari intilish borasida o‘zaro kelishib olishgandir...

- Avvalo, alohida aytishim kerak, joriy mavsumga qaratilgan tayyorgarliklar jarayoni yaxshi olib borildi, qolaversa, tarkib ham binoyidek kuchaytirildi. Demak, endi barchasiga javoban munosib natija ko‘rsatishimiz shart. Umuman, rahbariyat ham oldimizga vazifa qo‘ygan - har bir o‘yinda g‘alaba qozonish majburiyati. Jamoamiz bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko hamisha yuqori marralarni ko‘zlashga odatlangan, qolaversa, viloyat hokimi Xayrullo Bozorov ham juda talabchan. Qisqasi, «Neftchi»ning yuqori o‘rinlar uchun kurash olib borishi o‘z-o‘zidan tushunarli. Mana, Superliga mavsumini juda yaxshi boshlab oldik. O‘ylaymanki, dastlabki turlar natijalari ham yigitlarga qo‘shimcha kuch va ishonch bag‘ishlaydi.

- «Neftchi» jumladan, joriy mavsum favoritlari sifatida tilga olingan «Paxtakor» va OKMK klublariga qarshi kechgan bahslarda munosib kurash taklif qildi. Sizningcha, jamoangiz ushbu raqiblar bilan o‘yinlarda bor potensialini ishga soldimi yoki hali yanada kuchayish salohiyatiga ega?

- O‘ylaymanki, jamoamiz ortda qolgan biror uchrashuvda yomon taassurot qoldirmadi. Muhimi, murabbiylar shtabi yigitlarni har bir o‘yinga alohida ishtiyoq bilan tayyorlayapti. Ichki potensialimiz? Nazarimda, eng kuchli va chiroyli o‘yinlarimiz hali oldinda.

- Levchenko sizga berayotgan o‘yin vaqtidan ko‘nglingiz to‘lyaptimi?

- Ayni payt murabbiyimiz ixtiyorida teng kuchli ikki tarkib bor. Boshida yetarlicha o‘ynamadim, chunki salohiyatimni to‘liq ko‘rsatolmadim hozircha. To‘g‘ri, berilgan imkoniyatdan iloji boricha foydalanishga harakat qilyapman. Hammasi hali oldinda va qancha o‘ynashim avvalo, o‘zimga bog‘liq. Ya’ni harakatni susaytirmaslik kerak.

 - Sobiq jamoangiz «Navbahor» atrofidagi voqeliklar va jamoa natijalarini ham kuzatib boryapsizmi?

- Faqat «Navbahor» emas, Superliganing barcha ishtirokchilari natijalariga qiziqish bilan qarayapman. Mana, kutilmagan hisoblar ko‘paymoqda. Menimcha, bu holat chempionatga qiziqish va e’tiborni oshiradi.

- O‘tgan yili «Navbahor»da yetarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmagandingiz. Jamoadan ketishingizning asosiy sababi shumi?

- Ha, chunki hozir ayni o‘ynaydigan yoshdaman. Shularni o‘ylab, transferlar oynasi yopilishiga 2 kun qolgan pallada «Neftchi» taklifini qabul qildim.

- Agarda «Navbahor» boshqa klublardagi namanganlik futbolchilarni o‘z safida birlashtirsa, nimalarga da’vo qila olardi, sizningcha?

- Qiziq savol. Lekin bu deyarli imkonsiz ish. Bordiyu, shunday bo‘lgan taqdirda, «Nav­bahor» chempionlik uchun kurashardi katta ehtimol.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 15:49, 17.04.2023.
O'qildi: 1020 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.