Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv 0-2 Navbahor
17/04 19:00 OKMK 3-2 Buxoro
17/04 20:15 Surxon 0-1 Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi - Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al - Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor - Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted

Asror Aliqulov: «Dinamo» Pro ligada bejizga yetakchi emas – o‘yinchilar saviyasi va o‘yin tomonlama o‘tgan yilgidan kuchliroq ko‘rindi»

Asror Aliqulov: «Dinamo» Pro ligada bejizga yetakchi emas – o‘yinchilar saviyasi va o‘yin tomonlama o‘tgan yilgidan kuchliroq ko‘rindi»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston kubogi 1-turi doirasida Samarqandda o‘tgan «Dinamo» - «Qizilqum» (1:0) o‘yinidan keyin navoiyliklar bosh murabbiyi Asror Aliqulov jurnalistlar savollariga javob qaytardi.

«Kubok bahslarida yoshlar jamoasidan ham o‘yinchilarni jalb qilgandik. Birinchi bo‘limda futbolchilar yaxshi o‘yin namoyish etishdi, ikkinchi bo‘limda sustkashtlikka yo‘l qo‘ydik. «Dinamo» gol urdi, vaziyatlar yaratdi. O‘yin oxirida tarkibda o‘zgarishlar qildik, yigitlar yaxshiroq harakat qilishdi. O‘yin tomonlama ularga e’tiroz yo‘q.

«Dinamo» Pro ligada bejizga yetakchi emas – o‘yinchilar saviyasi jihatdan ham, o‘yin tomonlama ham Samarqand jamoasi o‘tgan yilgidan kuchliroqdek ko‘rindi. Jamoa o‘yini ham mazmunli.

«Qizilqum» 4 kundan keyingi «So‘g‘diyona»ga qarshi o‘yinga tayyorgarlik ko‘rgandek tuyuldi? Fikringiz to‘g‘ri, o‘yinchilardagi kartochkalar masalasi ham borligi sababli rotasiya ham qila olmayapmiz. Bu esa natijaga ham ta’sir qiladi. Kartochkalar sababli ayrim o‘yinchilar o‘yinni o‘tkazib yubordi. Asosiy e’tiborimiz endi Superligadagi navbatdagi raqib - «So‘g‘diyona»ga qaratiladi», - deydi Asror Aliqulov Samarqanddagi uchrashuvdan so‘ng.

Manba: fcdinamo.uz
Kiritildi: 23:10, 18.04.2023.
O'qildi: 1252 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик