Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/01 00:45 Inter 6-2 Piza
24/01 01:00 Levante 3-2 Elche
24/01 17:30 Vest Xem 3-1 Sanderlend
24/01 18:00 Rayo Valyekano 1-3 Osasuna
24/01 19:00 Komo 6-0 Torino
24/01 20:00 Xitoy 0-4 Yaponiya
24/01 20:00 Byornli 2-2 Tottenhem
24/01 20:00 Fulhem 2-1 Brayton
24/01 20:00 Manchester Siti 2-0 Vulverhempton
24/01 20:15 Valensiya 3-2 Espanyol
24/01 22:00 Fiorentina 1-2 Kalyari
24/01 22:30 Sevilya 2-1 Atletik Bilbao
24/01 22:30 Bornmut 3-2 Liverpul
25/01 00:45 Lechche 0-0 Lasio
25/01 01:00 Vilyarreal 0-2 Real Madrid
25/01 16:30 Sassuolo - Cremonese
25/01 18:00 Atletiko - Malyorka
25/01 19:00 Atalanta - Parma
25/01 19:00 Jenoa - Bolonya
25/01 19:00 Nyukasl - Aston Villa
25/01 19:00 Brentford - Nottingem Forest
25/01 19:00 Kristal Pelas - Chelsi
25/01 20:15 Barselona - Real Ovyedo
25/01 21:30 Arsenal - Man. Yunayted
25/01 22:00 Yuventus - Napoli
25/01 22:30 Real Sosyedad - Selta
26/01 00:45 Roma - Milan
26/01 01:00 Alaves - Betis

"Arsenal" bu mavsumda o‘zi uchun g‘alaba qozonib bo‘ldi

"Arsenal" bu mavsumda o‘zi uchun g‘alaba qozonib bo‘ldi

Baho:
+ | -1

"Arsenal" chempionlik uchun yana qachon imkoniyatga ega bo‘ladi, deb o‘ylash qo‘rqinchli, shunday emasmi? Jamoa oxirgi marta chempionlikni 2004 yilda qo‘lga kiritgan. O‘sha vaqtlardan beri jamoada deyarli hech narsa qolmadi: na futbolchilar, na murabbiy, na stadion. Aytishimiz mumkinki, ularning barchasi faoliyatini yakunladi.

Bir necha hafta oldin "Arsenal" bu yil Premyer-ligada g‘olib chiqadigandek tuyulardi. Sakkiz ochkolik ancha ishonchlidek ko‘rinar edi. Shunga qaramay, uchta durang qayd etildi – “Liverpul” (2:2), “Vest Xem” (2:2) va “Sautgempton” (3:3).

Opta tahliliy kompaniyasi yaqin vaqtgacha Arteta jamoasini joriy mavsum favoriti deb hisoblagan va hozir u chempionlik ehtimolini atigi 21,9 foiziga baholayapti. Shunday bo‘lsa ham, bu mavsum "Arsenal" uchun yomon o‘tdim deya olamizmi?

Roy Kin o‘tgan kuni shunday dedi: "Ikkinchi o‘rinni egallasa "Arsenal"ning mavsumi muvaffaqiyatli bo‘lmaydi. Agar ular ligada g‘alaba qozona olmasalar, bu katta omadsizlik bo‘ladi".

Afsonaviy futbolchini hurmat qilgan holda uning fikriga qo‘shilmaslik huquqi hamada bor. "Arsenal" uchun ikkinchi o‘rinni egallash ham muvaffaqiyat bo‘ladi. Klub 2016/2017 yilgi mavsumdan beri Chempionlar ligasida ishtirok etmayapti.

"Arsenal" so‘nggi uch yil ichida Premyer-ligada sakkizinchi, beshinchi va hozirda kamida ikkinchi o‘rinni egallab kelmoqda. Ijobiy dinamika borligi aniq. Birinchi mavsum Arteta jamoa bilan 61 keyin 69, hozir 75+ ochko jamg‘ardi. Ehtimol, mavsum oxirida hatto 85+ ham bo‘lar, chunki oldinda yana oltita tur bor.

"Arsenal"da hali juda yosh jamoa bor. O‘rtacha yosh - 25,2 yosh (Premyer-ligada faqat "Brayton" ulardan yoshroq jamoaga ega - 24,8 yosh). Bu tarkibni xuddi “Liverpul” kabi rivojlangan, deyishga asos yo‘q. Jamoa chempionlikdan keyin “Lester” kabi parchalanib ketadi, deyishga ham o‘rin yo‘q. “Arsenal” Edegor, Saka, Parti yoki Remsdeyl kabi yetakchilarini sotmaydi.

Transferlar bo‘yicha "Arsenal" allaqachon APL chempioniga aylangan. Zinchenko, Jezus va Trossard – ularning barchasi jamoani kuchaytirishga xizmat qildi. Va shu bilan birga, klub hech bir futbolchi uchun yuqori narx taklif qilmaydi. Rahbariyat Vlaxovichning narxi haddan tashqari yuqoriligini bilib, undan voz kechishgan edi.

Mudrik bilan ham xuddi shunday holat, unga ham qiziqish bor edi. "Arsenal" o‘zlari qabul qilishga tayyor bo‘lgan shartlar chegaralarini aniq belgilab oldi. Futbolchi 70 million yevro evaziga "Chelsi"ga o‘tdi. Uning o‘rniga Trossard Arteta jamoasiga o‘tdi. Bu yerda u ancha foydali ko‘rinadi.

Endi "Arsenal"ni yaxshilash osonroq bo‘ladi, chunki Chempionlar Ligasi o‘yinchilarni o‘ziga chaqiradi. Ehtimol, hatto zaxira markaziy himoyachi ham Xolding emas, balki taniqliroq futbolchi bo‘lar. To‘g‘ri, keyingi mavsumda Gvardiola boshchiligidagi "Siti" bilan chempionlik uchun kurashish nihoyatda qiyin bo‘ladi. Bu yerda biror narsa o‘zgarishi dargumon. Ammo "Arsenal" top-klub maqomini qaytarib oldi. Ikki yil oldin jamoa hech qanday yevrokuboklarga chiqa olmagandi.

Va bir narsani unutmaslik kerak. Umuman olganda, bugun "Siti" ustidan qozonilgan g‘alaba Arteta jamoasini yana Premyer-liga favoritiga aylantiradi.

Kiritildi: 16:35, 26.04.2023.
O'qildi: 3015 marta.
Fikrlar: 12 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.