Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/12 00:45 Piza 0-2 Yuventus
28/12 16:30 Milan 3-0 Verona
28/12 19:00 Cremonese 0-2 Napoli
28/12 19:00 Sanderlend 1-1 Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas 0-1 Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya 1-1 Sassuolo
29/12 00:45 Atalanta - Inter
30/12 00:45 Roma - Jenoa

"Manchester Siti" va "Arsenal" tarkibidan tuzilgan ramziy terma jamoa bilan tanishing!

"Manchester Siti" va "Arsenal" tarkibidan tuzilgan ramziy terma jamoa bilan tanishing!

Baho:
+ | -

Darvozabon: Ederson ("MS")

Braziliya terma jamoasi a’zosi "Manchester Siti"ning joriy mavsumdagi har bir liga o‘yinida ishtirok etdi. U 30 ta uchrashuvda 39 ta gol o‘tkazib yuborgan va 10 ta quruq o‘yin o‘tkazgan. Shunda Ederson Angliyadagi eng yaxshi darvozabon bo‘ladimi? Statistik jihatdan, yo‘q. Ammo aniqki, u "Arsenal" posboni Aron Ramzeyldan yaxshiroq.

O‘ng qanot himoya: Benjamin Uayt ("Arsenal")

Ro‘yxatdagi eng qiyin tanlovlardan biri mana shu edi. Kayl Uoker va Ben Uaytdan biri olish murakkab ish. Bu uchun siz Garet Sautgeyt o‘rnida bo‘lishingiz kerak. Uayt joriy mavsumda o‘z pozisiyasidagi eng yaxshilaridan biri bo‘lib kelayapti. Mikel Arteta uni markazdan qanotga ko‘chirgan edi. Saliba va Edegor bilan Uayt ajoyb  bog‘lam hosil qilgan.

Chap qanot himoya: Oleksandr Zinchenko ("Arsenal")

"Manchester Siti"dan ketgan futbolchi, "Arsenal"ga keladi. Zinchenko London jamoasini chempionlik uchun kurashda favoritga aylantirgandi. Maydonda ukrainalik futbolchi siz o‘ylagandan ko‘p narsani bajaradi. Arteta uni qanotga qo‘ygani bilan, aslida Zinchenko tayanchda va hujumning rivojlanish fazasida katta ishlarni amalga oshiradi.

Markaziy himoyachi: Ruben Diash ("MS")

Diash "shaharliklar" bilan yana bir kuchli mavsumni o‘tkazmoqda. Portugaliya terma jamoasi a’zosi o‘zi qatnashgan o‘yinlarda o‘rtacha 87 ta uzatma ijro etadi va ularning 98 foizi o‘z manziliga aniq yetib boradi. Himoyadagi ishlarda futbolchining ahamiyati beqiyos. Shu sababdan uni tanlash adolatdan bo‘ladi.

Markaziy himoyachi: Jon Stounz ("MS")

"Arsenal" vakili Gabriel APLdagi eng yaxshi markaziy himoyachilardan biri. Ammo Stounz undan ustun turadi. Negaki, o‘tmish va sovrin yutish borasida ingliz futbolchisi braziliyalik hamkasbidan ustunroq. Boz ustiga, Stounz ham fantastik mavsum o‘tkazmoqda. Uning "Lester" darvozasiga kiritgan golini ko‘rgandirsiz?

Tayanchda: Rodri ("MS")

Bu futbolchi o‘z pozisiyasida eng yaxshisi. Bunga shubha bo‘lishi mumkin emas. Rodri to‘p bilan yaxshi harakat qilgan holda, o‘z vazifasini yaxshi bajaradi. Shu sababdan ispaniyalik yarim himoyachi Tomas Partidan ustun qo‘yildi.

Yarim himoyachi: Martin Edegor ("Arsenal")

"Arsenal" sardori mavsum davomida katta futbolchi ekanini isbotlay oldi. U "Real" tomonidan 4 marta ijaraga berib yuborilgandi. "Qirollik klubi" esa Edegorni 2015 yilda, 16 yoshida xarid qiladi. U joriy mavsumda 30 o‘yinda 12 ta gol va 8 ta assistga mualliflik qildi. Aytish mumkinki, ayni damda norvegiyalik "Arsenal"ning yuragi bo‘lib turibdi.

Yarim himoyachi: Kevin De Bryuyne ("MS")

De Bryuyne haqida ko‘p gapirishdan ma’no yo‘q. U haqida oldin hammasi aytib bo‘lingan. Belgiyalik deyarli 10 yildan beri dunyo futbolida pik darajada harakat qilib kelmoqda. U hali to‘xtash niyatida emas.

O‘ng qanot hujum: Bukayo Saka ("Arsenal")

Sakani yaxshi ko‘rmaydigan futbol muxlisi bo‘lmasa kerak. U nafaqat yaxshi futbolchi, balki inson hamdir. Uning jamoasi uchun muhimligi, natijalari va xususiyatlari, Sakani Foden, Maxrez, Silva va Alvaresdan ustunlikka olib chiqadi. Bukayo bugungi kunga kelib 110 million yevroga baholanmoqda.

Chap qanot hujum: Jek Grilish ("MS")

Grilish "Arsenal" bilan bahsning birinchi davrasida gol urishga erishgandi. Oradan ikki oy o‘rib, ingliz hujumchisi hali ham o‘z darajasini saqlab kelmoqda. Uning hisobida so‘nggi 3 ta APL bahsida 3 ta assist va 1 ta gol bor. Hozir aniq ayta olamizki, Grilish Gvardiola jamoasiga to‘liq moslashib oldi.

Markaziy hujumchi: Erling Xoland

Bu futbolchi darvoza to‘ri qayerda ekanini yaxshi biladi. Uning kim, qanday, nimalarga qodir ekanini aytib o‘tirishga hojat yo‘q deb hisoblaymiz. Bilishni istaganlar, shunchaki, quyidagi videoni ko‘rsin!

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: football365.com
Kiritildi: 20:11, 26.04.2023.
O'qildi: 2030 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.