Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/12 00:45 Verona 0-1 Milan
21/12 01:00 Jirona 3-0 Valyadolid
21/12 17:30 Aston Villa 2-1 Manchester Siti
21/12 18:00 Xetafe 0-1 Malyorka
21/12 19:00 Torino 0-2 Bolonya
21/12 20:00 Brentford 0-2 Nottingem Forest
21/12 20:00 Ipsvich 0-4 Nyukasl
21/12 20:00 Vest Xem 1-1 Brayton
21/12 20:15 Selta 2-0 Real Sosyedad
21/12 22:00 Jenoa 1-2 Napoli
21/12 22:30 Kristal Pelas 1-5 Arsenal
21/12 22:30 Osasuna 1-2 Atletik Bilbao
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma - Parma
22/12 18:00 Valensiya - Alaves
22/12 19:00 Fulhem - Sautgempton
22/12 19:00 Lester - Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted - Bornmut
22/12 19:00 Everton - Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya - Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid - Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem - Liverpul
22/12 22:00 Atalanta - Empoli
22/12 22:30 Leganes - Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas - Espanyol
23/12 00:45 Monsa - Yuventus
23/12 01:00 Betis - Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze

Davide Kalabriya: «Futbol o‘ynashni YECHL kubogi orzusi bilan boshladim»

Davide Kalabriya: «Futbol o‘ynashni YECHL kubogi orzusi bilan boshladim»

Baho:
+ | -

«Milan» klubi himoyachisi va sardori Davide Kalabriya «rossoneri» rasmiy saytiga kattakon intervyu berdi.

 Unda «qizil-qoralar» o‘ng qanot himoyachisi «Inter» bilan bo‘lajak Chempionlar Ligasi yarim finali, shuningdek, «Mi-lan»dagi faoliyati haqida bir qator qiziqarli savollarga javob qaytardi.

- Qit’aning eng nufuzli turnirida, boz ustiga uning yarim finalida italyancha derbini ko‘ramiz...

- Biz ham aynan shunday bo‘lishini juda xohlagandik. Ishonamanki, o‘yinlar qiziqarli va chiroyli bo‘ladi. Biz maydonda qilgan sa’y-harakatlarimiz bilan bunga loyiq edik va men bu o‘yinni sabrsizlik bilan kutaman.

- «Lechche» bilan o‘yin chempionatda ham hammasi izga tushib olishiga xizmat qilishi mumkinmi?

- Qolgan barcha o‘yinlar jamoa uchun va ushbu klubni rivojlantirish uchun juda muhim ekanligini anglashimiz kerak bo‘lgan pallaga yetib keldik. Shu qadar kam o‘yinlar qolganki, xatoga yo‘l qo‘yishga haqqimiz yo‘q endi. Zudlik bilan ichki chempionatga e’tibor qaratishimiz kerak. Ha, biz g‘alabani nishonladik, chunki biz bunga loyiq edik, ammo endi bor e’tiborimizni keyingi o‘yinlarga qaratishimiz shart!

- Chempionlar Ligasining yarim finaliga qaytish stimulmi?

- Mutlaqo. Ishonamanki, ushbu libos ostida siz doimo rag‘batlantirishingiz kerak va tan olinishning yagona yo‘li g‘alabalardir, shuning uchun har bir o‘yinda g‘alaba qozonish bizning stimuldir.

- «Napoli»dan chorak final o‘yinlarida nimaning hisobiga ustun keldinglar?

- Biz fidoyilik ruhini ko‘rsatdik, maydonda bir jamoa edik va hatto o‘yinning og‘ir daqiqalarida ham barchamiz birgalikda sodir bo‘layotgan voqealarga juda yaxshi munosabatda bo‘ldik: kimdir qiyinchiliklarga duch kelsa, boshqa birov darhol unga yordam qo‘lini uzatdi. O‘ylaymanki, biz buni hatto eng kichik epizodlarda ham ta’minladik va oxir-oqibat yarim finalda ishtirok etishga raqibdan ko‘ra ko‘proq loyiq edik.

- Klublar vakillari o‘rtasidagi janjal haqida nima deysiz?

- Biz mojarolar haqida ko‘p gapirishni yoqtirmaymiz va umuman o‘yin oldidan suhbatlashishni yoqtirmaymiz. Bu bizning uslubimiz emas va bunday narsalarga e’tibor bermaymiz. Rostini aytsam, bizni beqarorlashtirishga urinishlar men uchun unchalik foydali emas va umuman ortiqcha. «Milanello»dagi maydonda har kuni qiladigan ishimizdan va bu libosga har kuni qancha ter to‘kishimizdan farqli o‘laroq, bunday bosqichda bu muhim emas.

- Neapoldagi mushakbozliklarchi?

- Ha, ularni eshitdim: uyg‘ondim, shunchaki kuldim va yana uxlab qoldim (kuladi). Biz faqat mushakbozliklarni eshitdik.

- Yarim finalga chiqqaningizdan keyin jamoadoshlaringizga nima dedingiz?

- Men bu jamoadan g‘ururlandim, chunki biz qurbonligimizdan zavqlanardik. Uchrashuvning har bir soniyasida diqqatni jamlash har doim ham oson emas va buning o‘rniga biz bu kabi muhim o‘yinda qiyin kurashda g‘alaba qozonganimizdan juda xursand bo‘ldik. Uchrashuvdan keyin albatta, xursand bo‘ldik, uni nishonladik, qo‘shiq aytdik va raqsga tushdik. Ammo hozir mavsumning so‘ng­gi qismidamiz, bu eng muhimi, biz erishishimiz kerak bo‘lgan maqsadlarimiz bor.

- Xvicha Kvarasxeliyaga umuman imkon bermadingiz...

- Bu faoliyatimdagi eng yaxshi o‘yinlarmi? Ha, shunday bo‘lsa kerak. «Napoli»ga qarshi Chempionlar Ligasi va milliy chempionatdagi o‘yinlarda juda yaxshi harakat qildim va erishgan yutuqlarimizdan mamnunman. O‘yin, albatta, meni hayajonlantirdi, Kvara darajasidagi o‘yinchilarga qarshi o‘ynashni yaxshi ko‘raman. Biz atigi bir necha oy oldin Italiyaga kelganiga qaramay, haqiqiy fenomenga aylangan yigit haqida gapiryapmiz va u hali ham ligada eng zo‘rlaridandir.

- Siz orzu qila olasizmi?

- Albatta. Nima uchun bunday qilmasligim kerakligini tushunmayapman: men Chempionlar Ligasida g‘alaba qozonishni orzu qilib, futbol o‘ynashni boshladim va hozirda faqat uchta o‘yin qolgan bo‘lsa, orzu qilmaslik ahmoqlik bo‘lardi. Ammo hech bir o‘yinchi yutqazishni xohlamasligi aniq, shunday emasmi? Men bu yerda har kuni mashq qilaman, kuboklar yutib olish uchun kurashaman. Biz «Milan», biz kuboklarni yutishga odatlanganmiz!

- Bugungi «Milan»ni Menyan siz tasavvur qilish qiyinga o‘xshaydi. U haqda nima deya olasiz?

- Ko‘p gapirishga hojat yo‘q. U fenomen, har qanday nuqtai nazardan juda kuchli, ham aqliy, ham maydonda mavjudligi, oyoqlari va qo‘llari bilan birdek darvozasini himoya qilishi bilan. Ehtimol, uni jamoa uchun qiyin davrda yo‘qotganimiz bir qator omadsiz o‘yinlarga sabab bo‘lgandir. Agarda u maydonda bo‘lganida ishlar boshqacha bo‘lardi. Mayk darvozabon bo‘lishiga qaramay, hal qiluvchi rol o‘ynashi va jamoaga ochko to‘plashi mumkin bo‘lgan maxsus toifadagi o‘yinchidir.

- Maydonda sizga eng ko‘p boshog‘rig‘i bo‘lgan raqib kim?

- Leau mashg‘ulotlarda (kuladi). U Neapolda ko‘rganimiz kabi «uchish»ni amalga oshirganda, bugun uning kuni emas va u gol urolmaydi, deb umid qilishdan boshqa iloj qolmaydi. Uni to‘xtatish juda qiyin. Siz undan tezroq bo‘lishingiz yoki uning xato qilishiga umid qilishingiz kerak.

BLIS SAVOLLAR:

- Eng kuchli o‘ng qanot himoyachisi?

- Karvaxal.

- Eng yoqimli qo‘shig‘ingiz?

- Menda texno uslubidagi pleylist bor.

- Kiyinish xonasidagi g‘oliblik siri?

- Qurbonlik ruhi.

- Eng xunuk kiyinadigan jamoadoshlar?

- Yaxshi savol, ehtimol Matteone Gabbyadir.

- Siz o‘ynagan eng chiroyli stadion?

- «San-Siro»dan tashqari «Tottenxem Stedium».

- Bolalikdagi kumiringiz va undan nimani qabul qilgan bo‘lardingiz?

- Maldini. Undan xotirjamlik tuyg‘usini qabul qilardim.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 15:13, 29.04.2023.
O'qildi: 888 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.