Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni 0-2 Eron
30/01 13:00 Avstraliya 2-4 O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya 0-7 Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston 0-3 Yaponiya
31/01 00:45 Lasio 3-2 Jenoa
31/01 01:00 Espanyol 1-2 Alaves
31/01 13:00 Tailand - Vyetnam
31/01 13:00 Kuvayt - Livan
31/01 17:00 Indoneziya - Iroq
31/01 17:00 Qirg‘iziston - Janubiy Koreya
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem
01/02 00:45 Kalyari - Verona
01/02 01:00 Elche - Barselona
01/02 01:00 Liverpul - Nyukasl
01/02 13:00 Yaponiya - O‘zbekiston
01/02 13:00 Tojikiston - Avstraliya
01/02 17:00 Eron - Afg‘oniston
01/02 17:00 Saudiya Arabistoni - Malayziya

Yog‘dusini yo‘qotgan yulduz

Yog‘dusini yo‘qotgan yulduz

Baho:
+ | -

2019 yilning yozida «Real» o‘ta muhim transferni amalga oshirgandek bo‘lgandi:

Eden Azar Madrid klubiga o‘tdi, muxlislar belgiyalik yulduzdan yorqin o‘yin kuta boshladilar. Biroq umidlari puch bo‘lib chiqdi. To‘rt mavsum davomida Eden 74ta o‘yinda maydonga tushdi. Nima sababdan shunday bo‘ldi? Eng oddiy va to‘g‘ri javob - jarohatlar. Madriddagi to‘rt yil ichida futbolchi 18 marta jarohat oldi - «Chelsi»dagi 7 yil ichida shikast­lanishlar soni 12taga yetgandi.

Karlo Anchelotti, Zayniddin Zidan va Azarning o‘zi buni omadsizlikka yo‘ydilar. Lekin Joze Mourinyo kamchilikni futbolchining futbolga munosabatida ko‘rgandi: «Eden - jon kuydirib mashq qilmaydigan ajablanarli o‘yinchi. Agar mashg‘ulotlarga superprofessional darajada munosabatda bo‘lganida kimga aylanishi mumkinligini faqat tasavvur qilish mumkin. Har kuni ertalab mashg‘ulotga keladi, ammo g‘ayrat-shijoat bilan ishlamaydi. U maydonga tushganida siz ishning samarasini emas, noyob iqtidorning soyasini ko‘rasiz. Ajabtovur o‘yinchi».

Marko van Bastenning nuqtai-nazari «benazir»nikiga yaqin - u so‘nggi JCHdan keyin o‘ziga bo‘lgan talabchanlikni pasaytirib yuborgan, deb hisoblaydi: «Azar JCH-2018 turniridan keyin to‘xtab qoldi. Lekin hech kimga aytmadi, ular buni bilmaydilar. U juda ajoyib futbolchi edi, endi tez-tez jarohat olmoqda. Oxir-oqibat, Eden o‘zining soyasiga aylandi. Yaqin o‘tmishda jahon miqyosidagi iqtidor sohibi hozir shubha-gumonlar girdobida qolgan: «Yana nimanidir uddalay olamanmi?»

2022/2023 yillar mavsumida belgiyalik futbolchi ikki marta jarohat oldi. Yozda Marca uning Madridga ideal sport formasida qaytganligi, dastlabki mashg‘ulotdan keyin Anchelotti undan mamnun bo‘lgani va yangi mavsumda yetarli o‘yin amaliyoti berishini ma’lum qilgandi. Bundan tashqari, murabbiy Azardan Karim Benzemaga dam olish imkoniyatini yaratishda foydalanish niyatida edi. Biroq bu o‘z tasdig‘ini topmadi: fransiyalik jamoadoshi jarohat olganiga qaramasdan, Eden joriy mavsumda bor-yo‘g‘i 324 daqiqa to‘p surdi, tarkibdan 39 marta joy olgan bo‘lsada, atigi 8 marta maydonga tushdi. «Chelsi»dagi eng past natijasi - 64,1 foiz, «Real»dagi eng yuqori natijasi - debyut mavsumidagi o‘yin daqiqalari. 18000 daqiqalik o‘yin amaliyotining atigi 3600 daqiqasida to‘p surdi. Lekin 125 mln. yevroni qurtdek sanab oldi - ishonchli agregator Capologyning ma’lumotiga ko‘ra, yiliga 31,25 mln. yevrodan.

• Boz ustiga, biz shartnomada zikr etilgan qo‘shimcha bonuslarni inobatga olganimiz yo‘q - masalan, «Chelsi» «Real»ning 2021/2022 yillar mavsumida qo‘lga kiritgan YECHLdagi g‘alabasi uchun olgan mukofot pulidan 15 mln. yevro cho‘tal oldi. Vaholanki, Azar mazkur turnirda hammasi bo‘lib 84 daqiqa to‘p surgandi!.

• L~Equipe ma’lumotiga binoan, Azar - La Liganing eng ko‘p maosh oladigan o‘yinchisi: soliqlar bilan hisoblaganda, yiliga 27 mln. yevro oladi. Ikkinchi o‘rindagi Lavendovskining ish haqi - 26 «limon». Ehtimol, pandemiya oqibatlarining ta’siri evaziga, ko‘rsatkichlar bir oz farqli bo‘lgandir: Capology reytingi bo‘yicha yetakchi bo‘lgan Buskets va De Yong o‘z maoshlarining qisqartirilishiga rozi bo‘ldilar.

• Azarning Madriddagi faoliyatiga oid asosiy yakun - rasmiy klassikoning birorta uchrashuvida maydonga tushmagan. Debyutant yulduz uchun o‘ta achinarli ko‘rsatkich.

Eden faqat bir marta - joriy mavsum arafasidagi «Barsa»ga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida Benzema o‘rnini to‘ldirgandi. Aprel oyining avvalida belgiyalik futbolchi oxirgi 3 oy ichida ilk marta, jamoa «Valyadolid» ustidan 4:0 hisobida zafar quchayotgan pallada maydonga tushdi va hatto samarali uzatma muallifi bo‘lishga ham ulgurdi. Lekin uning maydonga tushayotgan paytdagi harakatlari muhimroq. Egnidagi mashg‘ulotlar paytida kiyadigan libosini Luka Modrich ko‘magi bilan almashtirdi.

Mart oyida Eden Karlo Anchelotti bilan gaplashmay qo‘yganligini tan oldi: «O‘rtamizda o‘zaro hurmat bor. Lekin bir,birimiz bilan gaplashib turamiz, deya olmayman. O‘zaro hurmatimiz esa doimo bo‘ladi. hatto u meni maydonga tushirmay qo‘ygan bo‘lsada, men doimo o‘yin haqida o‘ylayman. Shu sababli, ketish fikridan yiroqman. Chunki jamoaga foydam tegishi mumkinligini sezib turibman».

Jamoadoshlari Eden bilan hamfikrlar. Relevoning ma’lumotiga ko‘ra, ular belgiyalik jamoadoshlarini juda hurmat qiladilar, sport formasini tezroq tiklab olishini istaydilar: faxriy futbolchilar murabbiydan Azarga o‘yin imkoniyati berishini iltimos qildilar. Anchelotti esa Eden jamoadagi yuqori raqobat tufayli maydonga tusha olmayotganini tushuntirdi - masalan, uning pozisiyasida hozir Vinisius yorqin o‘yin namoyish etmoqda.

O‘z o‘yinini topa olmayotgan yulduzning amaldagi shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Darvoqe, don Karloning shartnomasi ham shu muddatda nihoyasiga yetadi. Agar qandaydir kutilmagan voqea yuz bermasa, Azar ketish haqida o‘ylab ko‘rishga majbur bo‘ladi.

 A.ABDUVALIXO‘JAYEV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 15:30, 29.04.2023.
O'qildi: 2420 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.