Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/04 00:00 Jirona 1-0 Vilyarreal
07/04 17:00 Lokomotiv 1-1 Xorazm
07/04 18:00 Mash’al 0-1 Bunyodkor
07/04 19:15 Andijon 0-1 Navbahor
07/04 23:59 Real Madrid 1-2 Bavariya
07/04 23:59 Sporting 0-1 Arsenal
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 - Nasaf
08/04 19:00 OKMK - Surxon
08/04 20:15 Dinamo - So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona - Atletiko
08/04 23:59 PSJ - Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum

Firminoga "Barselona"da yetarlicha imkoniyat beriladimi?

Firminoga "Barselona"da yetarlicha imkoniyat beriladimi?

Baho:
+ | -

 Yozda Firmino o‘zini dunyoga tanitgan "Liverpul"ni albatta tark etadi. Ko‘p manbalar, jumladan Sport Sell, Bobbi "Barselona"ga o‘tishi mumkinligini aytmoqda.

"Blaugranas" afsonasi Rivaldo Firmino "Barsa"da qanday qiyinchiliklarga duch kelishi mumkinligini tushuntirdi:

"So‘nggi kunlarda "Barselona" mavsum oxirida "Liverpul"ni tark etmoqchi bo‘lgan Firminoni sotib olishi mumkinligi haqida mish-mishlar tarqaldi. Boshqa buyuk braziliyalik futbolchilar izidan borib, Firmino "Barselona"da o‘ynash orzusini amalga oshirishiga ishonaman. Ammo, menimcha, u avvalo jamoadagi o‘rni qanday bo‘lishini aniqlashi kerak.

Xavi doim bitta markaziy hujumchi bilan o‘ynaydi, unda Robert Levandovski bor. Firminoning kelishi strategiyaning o‘zgarishini anglatishi mumkin, ammo Firmino maydonda atigi bir necha daqiqa oladigan zaxira o‘yinchisiga aylanishi ham mumkin. Shuning uchun u qarori haqida ko‘proq bosh qotirishi kerak, deb o‘ylayman. Negaki, Firminoning "Liverpul"dagi yetakchi rolini yo‘qotgani uning jamoani tark etishida muhim rol o‘ynagan.

Shubhasiz, "Barselona"da o‘ynash ushalishi mumkin bo‘lgan orzu. Ammo faoliyatining keyingi bosqichida Firmino boshqa klub izlashga majbur bo‘lishi mumkin, bu unga muntazam o‘ynashiga ko‘proq kafolat beradi".

Messi ham bu yozda "Barselona"ga ko‘chib o‘tishi mumkin va bu hujumda yanada ko‘proq raqobat tug‘diradi. Garchi, albatta, Levandovski baribir Bobbining startdagi o‘rin uchun asosiy raqobatchisi bo‘lib qoladi.

Manba: www.sports.ru
Kiritildi: 18:52, 29.04.2023.
O'qildi: 2608 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик