"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Brunu Fernandesh "Aston Villa" ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng (1:0) klubning mavsumdagi rejalari bilan o‘rtoqlashdi.
"Jamoa har bir o‘yinda g‘alaba qozonishni istaydi. Qaysi klub raqibimiz bo‘lishi muhim emas. "Aston Villa" ketma-ket 10 ta o‘yinda yutqazmadi. Ularda yaxshi o‘yinchilar bor, lekin biz o‘z vazifamizni bajarib, uch ochko olishimiz mumkinligini bilardik.
Bizni 1:0 hisobi va uch ochko qoniqtirdi. "Manchester Yunayted" uchun kuchli to‘rtlikka kirish juda muhim. Shundan so‘ng, kubokni qanday qo‘lga kiritish haqida o‘ylash kerak. Biz Angliya kubogi finali va Premyer-ligada kuchli to‘rtlikka kirish uchun kuch topishimiz kerak", - dedi Brunu.