Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/05 00:00 Everton 3-3 Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya 1-0 Real Sosyedad
05/05 23:59 Arsenal 1-0 Atletiko
06/05 23:59 Bavariya - PSJ

Ellardays yaqin orada Premyer-liga klubini boshqarishi mumkin

Ellardays yaqin orada Premyer-liga klubini boshqarishi mumkin

Baho:
+ | -

Menejer Sem Ellardays "Lids"ning yangi bosh murabbiyligiga asosiy da’vogarlar qatorida.

“Tovuslar” rahbariyati avval xabar qilinganidek, Xavi Grasiyani iste’foga chiqarishga hozirlik ko‘rmoqda. Nufuzli The Athletic nashrining yozishicha, klub jamoalarni Premyer-ligadan tushib ketishdan qutqarish bo‘yicha mutaxassis hisoblangan Ellardays nomzodini jiddiy ko‘rib chiqmoqda. Chempionat tugashiga to‘rt tur qolganda “Lids” 17-o‘rinda bormoqda.

Xavi Grasiya shu yilning fevral oyidan beri “Lids”ni boshqarib kelmoqda. U murabbiylik ko‘prigida Jessi Marshni almashtirdi.

Sem Ellardays 2021 yilda "Vest Bromvich"ni tark etganidan beri murabbiylik ishiga ega emas edi.

Kiritildi: 12:23, 02.05.2023.
O'qildi: 716 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик