Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

«O‘zimga ishonch yuqori edi va gol urishimni his qilgandim». Kojo Joel «Xorazm» bilan o‘yinda 90+7-daqiqada kiritgan goli haqida

«O‘zimga ishonch yuqori edi va gol urishimni his qilgandim». Kojo Joel «Xorazm» bilan o‘yinda 90+7-daqiqada kiritgan goli haqida

Baho:
+ | -

Pro liganing eng yaxshi to‘purari bo‘lib turgan «Dinamo» hujumchisi Kojo Joel Urganchda o‘tgan «Xorazm»ga qarshi o‘yinda jarima zarbasidan kiritgan goli haqida fikrini bildirdi.

«Avvalo, o‘sha o‘yinda Samarqanddan borib, bizni qo‘llab-quvvatlagan muxlislarga rahmat deyman. Shu kuni butun jamoa faqat g‘alaba haqida o‘ylagandi. Maydonda hamma bir-biriga yordam berdi. O‘yin oxirigacha sabr qilib kutdik va o‘z vaziyatimizdan foydalandik.

90+7-daqiqadagi golim haqida gapiradigan bo‘lsam, bungacha ham faoliyatim davomida jarima zarbalarini bajarganman va gol ham urganman. «Xorazm» bilan o‘yin oxiridagi o‘sha jarima nuqtasiga yaqinlashganim sababi, gol urishimni his qildim va o‘zimga ishonch yuqori edi. Bu g‘alaba goli bo‘lganidan juda xursandman», - deydi «Dinamo» jamoasining ganalik forvardi klub matbuot xizmati bilan suhbatda.

Manba: fcdinamo.uz
Kiritildi: 20:30, 05.05.2023.
O'qildi: 1299 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик