Kirish Ro'yxatdan o'tish

Rodrigo finalda o‘ynayotgan paytda uning uyini o‘g‘ri "urib" ketdi

Rodrigo finalda o‘ynayotgan paytda uning uyini o‘g‘ri "urib" ketdi

Baho:
+ | -

Ispaniya kubogi final uchrashuvida Rodrigo Goesning uyi talon-taroj qilindi.

Madridning "Real" klubi finalda "Osasuna" ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozonib, kubokni qo‘lga kiritdi. Bu o‘yinda Rodrigo dubl qayd etdi.

EFE nashri xabariga ko‘ra, ushbu o‘yin vaqtida "Real Madrid" vingeri ota-onasi bilan birga yashaydigan uyda noma’lum shaxslar tomonidan o‘g‘irlik bo‘lgan.

Futbolchining yaqinlari o‘sha paytda o‘yin o‘tkazilayotgan stadionda bo‘lishgan.

Qaroqchilar qanday zarar yetkazgani hozircha noma’lum. Polisiya jinoyatchilarni qidirmoqda.

Kiritildi: 17:05, 08.05.2023.
O'qildi: 1707 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.