Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/01 00:45 Sassuolo 0-3 Yuventus
07/01 01:00 Vest Xem 1-2 Nottingem Forest
07/01 16:30 Yaponiya 5-0 Suriya
07/01 16:30 Janubiy Koreya 0-0 Eron
07/01 19:00 O‘zbekiston 3-2 Livan
07/01 21:30 Qatar 0-2 BAA
07/01 22:30 Bolonya 0-2 Atalanta
07/01 22:30 Napoli 2-2 Verona
08/01 00:30 Bornmut 3-2 Tottenhem
08/01 00:30 Brentford 3-0 Sanderlend
08/01 00:30 Kristal Pelas 0-0 Aston Villa
08/01 00:30 Everton 1-1 Vulverhempton
08/01 00:30 Fulhem 2-1 Chelsi
08/01 00:30 Manchester Siti 1-1 Brayton
08/01 00:45 Parma 0-2 Inter
08/01 00:45 Torino 1-2 Udineze
08/01 00:45 Lasio 2-2 Fiorentina
08/01 01:15 Byornli 2-2 Man. Yunayted
08/01 01:15 Nyukasl 4-3 Lids
08/01 16:30 Avstraliya - Tailand
08/01 19:00 Iroq - Xitoy
08/01 22:30 Cremonese - Kalyari
09/01 00:45 Milan - Jenoa
09/01 01:00 Arsenal - Liverpul
09/01 19:00 Qirg‘iziston - Vyetnam
09/01 21:30 Iordaniya - Saudiya Arabistoni

APL. «Brayton» – «Everton» (prevyu)

APL. «Brayton» – «Everton» (prevyu)

Baho:
+ | -

Bugun 21:30da APL 35-turidan o‘rin olgan bahsda «Brayton» hamda «Everton» o‘zaro bellashadi. Ushbu o‘yindagi g‘alaba har ikkala jamoa uchun ham suv va havodek muhim. «Chaykalar» yevromaydonlar sari harakat qilayotgan bo‘lsa, «irischilar» oliy divizionda qolish uchun harakatga tushgan.

«Brayton»

De Zerbi shogirdlari yaqinda «MYU» ustidan qozonilgan irodali g‘alabadan so‘ng yaxshi kayfiyatga ega va o‘z tarixlarida ilk bor xalqaro maydonda o‘ynash imkoniyatiga ega. YECHL biroz qiyinroq ko‘rinsada, Yevropa ligasi nisbatan haqiqatga yaqinroq. Hozirda «Brayton» bilan birgalikda «Aston Villa» hamda «Tottenxem» asosiy kurashga kirgan. Biroq De Zerbi shogirdlarida ikkita zaxira o‘yini ham mavjudligini unutmaslik kerak va ular 6-o‘ringa chiqib olish uchun zo‘r imkoniyatga ega. Faqat kelgusi bahslarning juda ham og‘ir o‘tishi kutilmoqda. Oldinda «Arsenal», «Nyukasl», «Sautgempton», «Man Siti» hamda «Aston Villa»ga qarshi uchrashuvlar bor. De Zerbi shogirdlari o‘z stadionida jadvalning ikkinchi qismidagi jamoalar bilan o‘tgan bahslarda maksimal 24dan 22 ochko olishni uddalagan. So‘nggi olti o‘yindan 5 tasida klub o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan. «Everton» bilan kechgan oxirgi ikki o‘yinda 3:2 hamda 4:1 hisoblari qayd etilgan.

«Everton»

Shon Daych shogirdlari uchun so‘nggi bahslar omadli kechmayapti. Jamoa o‘tgan turda «Lester» bilan durang o‘ynadi. Butun mavsum davomida «Everton» APLning eng kam gol urgan jamoasi bo‘lib turibdi - 27. Jamoa ikki marta gol urgan oxirgi bahslarida ham g‘alabaga erisha olmagan. Bu Daych ishlashi kerak bo‘lgan bir jihat. «Lester» bilan durang joriy mavsum hisobidan 13-g‘alabasiz o‘yin bo‘ldi. So‘nggi ikki mavsum davomida hech bir klub bu borada «Everton»dan yomonroq natija qayd etmagan. Biroq mersisaydlik muxlislar uchun bugungi bahs oldidan bir yaxshi jihat ham bor: Daych murabbiy sifatida «Ameks» o‘yingohida so‘nggi beshta bahsda umuman mag‘lub bo‘lmagan.

Yangiliklar

«Brayton»da o‘tgan tur Marsh dam olgan. Mitoma va Makallister esa o‘yinni zaxiradan boshlagandi. Bugun katta ehtimol jamoaga Fergyuson, Gross hamda Veltman yordam bera olmaydi. Lempti, Lallana, Sarmiyento uchun esa mavsum yakunlangan.

«Everton» safida esa jamoa sardori Koulman hamda Sumare bugungi bahs uchun tayyor emas.

Kiritildi: 18:26, 08.05.2023.
O'qildi: 1052 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.