Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/01 00:45 Kalyari 1-0 Yuventus
18/01 01:00 Betis 2-0 Vilyarreal
18/01 16:30 Parma 0-0 Jenoa
18/01 18:00 Xetafe 0-1 Valensiya
18/01 19:00 Bolonya 1-2 Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton 0-0 Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko 1-0 Alaves
18/01 21:30 Aston Villa 0-1 Everton
18/01 22:00 Torino 0-2 Roma
18/01 22:30 Selta 3-0 Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan 1-0 Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad 2-1 Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona
20/01 00:45 Lasio - Komo
20/01 01:00 Elche - Sevilya
20/01 01:00 Brayton - Bornmut

Boks-2023. Mirzaahmedovning o‘rniga qabul qilingan Meliqo‘ziyev Toshkentda Tashkenbayni mag‘lub eta olmadi

Boks-2023. Mirzaahmedovning o‘rniga qabul qilingan Meliqo‘ziyev Toshkentda Tashkenbayni mag‘lub eta olmadi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Poytaxtimizda o‘tayotgan bkos bo‘yicha jahon chempionatida eng yengil vazn toifasi uchun O‘zbekiston terma jamoasi tarkibiga qabul qilingan Shodiyor Meliqo‘ziyev ishonchni oqlamadi.

Hamyurtimiz nimchorak final bosqichida qozog‘istonli Sanjar Tashkenbayga qarshi jang olib bordi. Shodiyorjon birinchi bo‘limda teng-teng kurash olib bordi. Bu hakamlarning bahosida ham aks etdi — 2:3. Ammo ikkinchi va uchinchi raundlar Sanjarning foydasiga hal bo‘ldi. Hattoki, Meliqo‘ziyev ikkinchi bo‘limda nokdaun holatiga ham tushdi. Yakuniy natija — 1:4.

Ushbu sportchilar yanvar oyida bo‘lib o‘tgan 22 yoshgacha bo‘lgan bokschilar o‘rtasidagi Osiyo chempionati finalida ham to‘qnash kelishgan va unda ham Tashkenbayning qo‘li baland kelgandi.

Eslatib o‘tamiz, 48 kg. vazn toifasida O‘zbekistonning ayni paytda eng yaxshi bokschisi Nodirjon Mirzaahmedov hisoblanadi. U jahon chempionati oldidan o‘tkazilgan sinov jangida Shodiyor Meliqo‘ziyevni mag‘lub etgandi. Ammo murabbiylar shtabi Meliqo‘ziyevga imkon berishga qaror qilishdi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 18:43, 08.05.2023.
O'qildi: 5494 marta.
Fikrlar: 29 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.