Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/06 03:00 Shotlandiya 0-3 Braziliya
25/06 03:00 Marokash 4-2 Gaiti
25/06 06:00 Chexiya 0-3 Meksika
25/06 06:00 JAR 1-0 Janubiy Koreya
26/06 01:00 Kyurasao 0-2 Kot-d'Ivuar
26/06 01:00 Ekvador 2-1 Germaniya
26/06 04:00 Yaponiya 1-1 Shvesiya
26/06 04:00 Tunis 1-3 Niderlandiya
26/06 07:00 Turkiya 3-2 AQSh
26/06 07:00 Paragvay 0-0 Avstraliya
26/06 23:59 Norvegiya - Fransiya
26/06 23:59 Senegal - Iroq
27/06 05:00 Urugvay - Ispaniya
27/06 05:00 Kabo-Verde - Saudiya Arabistoni
27/06 08:00 Misr - Eron
27/06 08:00 Yangi Zelandiya - Belgiya

Timur Kapadze: «Chetlatish bizga qo‘l keldi»

Timur Kapadze: «Chetlatish bizga qo‘l keldi»

Baho:
+ | -

Superliga 10-turidan o‘rin olgan «Qizilqum» – «Olimpik» uchrashuvidan so‘ng mehmon jamoa bosh murabbiyi Timur Kapadze o‘z fikrlarini bildirdi.

“Bugungi bahs qiyin bo‘lishini bilar edik. «Qizilqum»ga qarshi Navoiyda o‘ynash oson emas, qolaversa, turnir jadvalidagi o‘rnidan kelib chiqib, mezbonlarga ochko juda ham zarur edi. «Qizilqum»da murabbiy o‘zgardi. Tachmurod Agamurodovni yaxshi bilaman, hurmat qilaman. Shu bois, uchrashuv biz uchun oson o‘tmasligi va raqib himoyaviy o‘yin ko‘rsatishi ma’lum edi. Birinchi bo‘lim so‘nggida sodir bo‘lgan chetlatish bizga qo‘l kelganini ta’kidlash kerak.

Seleksiya ishlari muntazam olib borilmoqda. U-21 chempionati bellashuvlarini ham kuzatib boryapmiz. Bu borada murabbiylar shtabi ish olib bormoqda va kengaytirilgan ro‘yxatimiz mavjud.

«Olimpik»ning asosiy maqsadi futbolchilarni olimpiadaga tayyorlash va yo‘llanmani qo‘lga kiritish. Balki, bu jamoa bo‘lmaganida, ushbu futbolchilar faoliyatini davom ettirayotgan bo‘larmidi yoki yo‘q, buni bilmadim. Ortda qolgan ikki yil davomida biz yaxshi ish olib bordik va Superliganing istalgan jamoasida o‘ynay oladigan futbolchilarni etishtira oldik.

«Qizilqum» tarkibida o‘tgan mavsum bizning jamoada to‘p tepgan ikki futbolchi bor. «Nasaf»dan kelib qo‘shilgan Murodbek Rahmatov ham asosiy tarkibda boshladi o‘yinni. Bundan xursandman. Navoiyliklar o‘zlariga yarashmaydigan o‘rinda borishmoqda. Umid qilamanki, jamoa mavsum so‘nggida turnir jadvalining yuqorisida bo‘ladi”, – dedi Kapadze.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 22:13, 12.05.2023.
O'qildi: 1126 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик