Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina 1-1 Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

YECHL. «Manchester Siti» «Real»dan revansh oldi

YECHL. «Manchester Siti» «Real»dan revansh oldi

Baho:
+ | -

Yevropa chempionlar ligasi yarim final bosqichi javob o‘yini doirasida «Manchester Siti» va «Real Madrid» jamoalari o‘rtasidagi bahs naq finalga teng bo‘ldi. Birinchi uchrashuvda durang qayd etilgach, barchasi "Etixad stedium"da bo‘lishi kerak edi.

Gvardiola esa "Madrid" uchun yaxshi syurpriz tayyorlab qo‘yganini ko‘rsatib qo‘ydi. "Shaharliklar" birinchi bo‘limda "Real"ning ko‘z ochishiga, nafas olishiga yo‘l qo‘ymadi. Shiddatli hujumlar, yuqori pressing natijasida Anchelotti jamoasining o‘yini deyarli chiqmadi. Tanaffusga qadar "Siti" Bernardu Silva tomonidan urilgan 2 ta gol evaziga oldinga o‘tib oldi. Hisob yanada firik ko‘rinishga kelishi mumkin edi, ammo Kurtua 3 ta seyv namoyish etdi.

Tanaffusdan so‘ng "Real" vaziyatni o‘nglashga harakat qildi, oldinga intildi. Ammo "Siti" himoyasi bugun deyarli bexato o‘ynadi. Boz ustiga, Gvardiola shogirdlari kerakli paytda to‘pni nazorat qilib, o‘yin tempini tushirib turdi. Bahsning 77-daqiqasida Kevin de Bryuyne jarima zarbasini amalga oshirgan paytda Eder Militao o‘z darvozasiga to‘pni kiritib qo‘ygach, amalda o‘yin taqdiri hal bo‘ldi. Boz ustiga, ikkinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarda Xulian Alvares yakkama-yakka vaziyatga chiqib ketdi va hisobni 4:0 ko‘rinishga keltirib qo‘ydi.

Shu tariqa, "Manchester Siti" murakkab raqib to‘sig‘idan o‘ta oldi va finalga chiqdi. Finalda esa jamoani "Inter" kutib turibdi. Final 10 iyun kuni Istanbuldagi Otaturk stadionida bo‘lib o‘tadi.

Yevropa chempionlar ligasi, yarim final, javob o‘yini
Manchester Siti Angliya – Real Madrid Ispaniya 4:0 (2:0)
Gollar: 1:0 – 23 Bernardu Silva, 2:0 – 37 Bernardu Silva, 3:0 – 76, avtogol Militao, 4:0 – 90+1 Alvares.
Manchester Siti – Ederson, Uoker, Ruben Diash, Akandji, Stounz, Gyundogan (Marez, 79), de Bryuyne (Foden, 84), Grilish, Bernardu Silva, Rodri, Xoland (Alvares, 89).
Real Madrid – Kurtua, Karvaxal (Vaskes, 80), Alaba, Militao, Kamavinga (Tchuameni, 80), Modrich (Ryudiger, 63), Kroos (Asensio, 70), Valverde, Vinisius Junior, Rodrigo (Sebalyos, 80), Benzema.
Ogohlantirishlar: Ruben Diash (50), Karvaxal (55), Gyundogan (62), Kamavinga (75), Grilish (90).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 02:02, 18.05.2023.
O'qildi: 2399 marta.
Fikrlar: 44 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик