Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR

"Chelsi" Jahon chempionati g‘olibi bilan shartnoma imzolamoqchi

"Chelsi" Jahon chempionati g‘olibi bilan shartnoma imzolamoqchi

Baho:
+ | -

"Chelsi" ushbu yozda darvozabonni sotib olmoqchi. Football Insider xabariga ko‘ra, London klubining maqsadi "Aston Villa" darvozaboni Emiliano Martines.

“Brentford” futbolchisi David Rayya va “Inter” futbolchisi Andre Onana ham "aristokratlar"ning radarida. Londonliklar Martinesni qo‘lga kirita olmasalar, yuqoridagi nomzodlarga murojaat qilishadi.

Dekabr oyida Emiliano Martines Argentina terma jamoasi tarkibida jahon chempioniga aylandi. Transfermarkt portali mutaxassislari 30 yoshli futbolchini 28 million yevroga baholamoqda. Martinesning "Aston Villa" bilan amaldagi shartnomasi 2026/2027 yilgi mavsum oxirigacha amal qiladi.

Kiritildi: 19:01, 18.05.2023.
O'qildi: 2468 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик