"Sevilya" va Joze Mourinyo boshqargan jamoalar hech qachon yevrokuboklar finalida mag‘lub bo‘lishmagan.
Joze Mourinyo boshchiligidagi “Roma” Yevropa Ligasi finaliga qadar yetib bordi va u yerda “Sevilya” bilan o‘ynaydi.
Joze Mourinyo o‘z klubini 6-marta yevrokubok finaliga olib chiqdi (UYEFA Superkubogini hisobga olmaganda). Bungacha portugaliyalik mutaxassis boshchiligidagi jamoalar hech qachon finalda mag‘lub bo‘lmagandi.
"Sevilya" 7-marta yevrokuboklar finaliga chiqdi. Ispaniya klubi bungacha 6 finaldan 6 tasida g‘alaba qozongan.
31 may kuni Budapeshtda 2022/23 yilgi mavsumning Yevropa Ligasi finali bo‘lib o‘tadi.