Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

Yevropa ligasi yarim final javob o‘yinlari raqamlarda

Yevropa ligasi yarim final javob o‘yinlari raqamlarda

Baho:
+ | -

Yevropa ligasi yarim final javob o‘yinlarida “Roma” mehmonda “Bayer” bilan durang o‘yndi, “Sevilya” esa o‘z maydonida “Yuventus”ni mag‘lub etdi.

Italiyaning uch klubi (“Inter”, “Roma”, “Fiorentina”) 1997/98 yilgi mavsumdan beri ilk bor Yevrokuboklar finalida o‘ynaydi. 25 yil avval “Inter” va “Lasio” UYEFA Kubogi finaliga yetib kelgan, “Yuventus” esa Chempionlar Ligasi finalida “Real Madrid”ga qarshi o‘ynagan.

“Roma” ketma-ket ikkinchi mavsumda Yevrokuboklar finaliga chiqdi. Rim klubi jamoaga Joze Mourinyo kelgungacha bo‘lgan 94 yillik tarixida ham ikki marta (1983/84 va 1990/91) Yevropa musobaqalari finaliga chiqqandi.

“Roma” “Bayer”ga qarshi javob o‘yinida birorta ham aniq zarba bera olmadi. Rim klubining uchrashuvdagi yagona zarbasi noaniq ketdi. “Bayer” esa 23 marta zarba berdi, ularning oltitasi aniq bo‘ldi.

Joze Mourinyo Yevrokuboklarda oltinchi marta finalga chiqdi. Murabbiy avvalgi beshta finalning hech qaysisida mag‘lub bo‘lmagan.

“Sevilya” 18 yil ichida yettinchi marta Yevropa Ligasi finaliga chiqdi. Jamoa avvalgi oltita finalning barchasida g‘alaba qozongan.

“Yuventus” qatorasiga ikkinchi mavsum sovrinsiz qoladigan bo‘ldi. So‘nggi bor Turin klubi 2009/10 va 2010/11 yilgi mavsumlarni ketma-ket sovrinsiz yakunlagandi.

“Yuventus” futbolchisi Dushan Vlahovich zaxiradan maydonga tushib, 58 soniya ichida gol urdi. Bu Yevropa Ligasi va Chempionlar Ligasi musobaqalari shu nomni olganidan beri zaxiradan tushgan futbolchi tomonidan kiritilgan eng tezkor golga aylandi.

Konferensiyalar Ligasi finaliga chiqqan “Vest Hem” o‘z tarixida uchinchi bor Yevrokuboklar chempionligi uchun kurashadi. Avvalroq London klubi ikki marta Kubok egalari Kubogi finalida o‘ynagan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 12:42, 19.05.2023.
O'qildi: 1655 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.