Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Mundial va YECHLni bir mavsumda yutgan besh futbolchi

Mundial va YECHLni bir mavsumda yutgan besh futbolchi

Baho:
+ | -

Jahon chempionatida zafar quchish har bir futbolchining orzusi sanaladi. Ha, bunga erishish juda mushkul, ammo uddalasa bo‘ladigan ish. Shu bilan bir paytda klublar miqyosida YECHL bosh sovrini ham katta mavqeyga ega. Chempionlar ligasida kuchli klublarga qarshi, biroq har yili kurashiladi. Ammo mundial to‘rt yilda bir marta o‘tkaziladi. Quyida ikki sovrinni ham bir yilda yutgan ayrim futbolchilar nomi qayd etiladi.

Rafael Varan – 2018

2014 yilda Braziliya yashil maydonlarida o‘tgan mundialda Varan eng yaxshi yosh futbolchi deb topiladi. Oradan to‘rt yil o‘tib, u 2018 yilgi chempionatga ketma-ket uch marta YECHL g‘olibi bo‘lgan holda keladi. Markaziy himoyachi Fransiya termasi safida Rossiyadagi yettita o‘yinda ham qatnashib, chempionlikka erishgan.

Roberto Karlos – 2002

Fransiyadagi finalda muvaffqiyatsizlikka uchragandan keyin, Braziliya keyingi jahon chempionatiga jiddiy tayyorgarlik ko‘ra boshlaydi. 2002 yilgi turnirda Roberto Karlos va uning jamoasi qattiq kurashgan holda finalgacha yetib keladi. Finalda esa braziliyaliklar tarixda beshinchi marta zafar quchadi. Roberto Karlos esa o‘sha yili "Real" safida YECHLni ham yutgandi.

Kristian Karambyo – 1998

Yangi Kaledoniyada tavallud topgan qahramonimiz, 17 yoshida o‘qish va futbol o‘ynash uchun Fransiyaga keladi va butunlay hayoti o‘zgarib ketadi. Yarim himoyachi o‘z faoliyatini "Nant" safida boshlaydi. 1995 yilda u "Sampdoriya"ga ko‘chib o‘tadi. U ikki mavsum davomida Italiyada harakat qilib, "Real" e’tiboriga tushadi. "Qirollik klubi" esa unga 1998 yilda ilk YECHL g‘olibligini taqdim etgandi. Karambyo o‘sha yili yozda Fransiya termasi bilan mundialda ham zafar quchadi.

Uli Xyoness – 1974

Xyoness 74 yilgi mundial finalida Niderlandiya hujumchisi Yoxan Kroyffga qarshi qo‘polligi bilan jarima zarbasiga sabab bo‘ladi. Bu zarba esa hisob ochilishiga olib kelgandi. Ammo G‘arbiy Germaniya o‘yin oxiriga qadar hisobni o‘z tomoniga og‘dirib, yakunda chempionlikni qo‘lga kiritadi. Xyoness esa bu uchun maydonda ancha ter to‘kkan. U o‘sha yili Yevrokubokda ham zafar quchgan edi.

Gerxard Myuller – 1974

Nemislar uni "Der Kaiser" yoki "Der Bomber" deb atashadi. Albatta, darvoza to‘rini qayerda joylashganini yaxshi bilganingizdan keyin, shunday laqab olishingiz tabiiy. Myuller Germaniya termasi safida 64 ta o‘yin o‘tkazib, 68 ta golga mualliflik qiladi. "Bavariya" uchun esa 365 ta gol urishga erishgan. Uning eng katta qahramonligi 1974 yilgi mundial finalida yuz bergandi. Gerd finalning 43 daqiqasida g‘alaba golini kiritgan edi. U 1970 yildayoq "Oltin to‘p" sovriniga ega chiqqan.

 

 

 


ISMATOV J.

Manba: planetfootball.com
Kiritildi: 18:34, 19.05.2023.
O'qildi: 4173 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.