Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/04 23:45 Roma 3-0 Piza
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal 1-2 Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad 3-3 Alaves
11/04 18:00 Kalyari 1-0 Cremonese
11/04 18:00 Torino 2-1 Verona
11/04 19:00 Brentford 2-2 Everton
11/04 19:00 Byornli 0-2 Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor - Surxon
12/04 17:00 Dinamo - Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 18:15 Andijon - OKMK
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal

Ravshan Haydarov Argentinaga qarshi bahs oldidan nimalar dedi?

Ravshan Haydarov Argentinaga qarshi bahs oldidan nimalar dedi?

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov U-20 Jahon chempionati oldidan jurnalistlarning savollariga javob berib o‘tdi.

Tayyorgarlik haqida:
Osiyo chempionatidan keyin yaxshi yig‘inlar o‘tkazishga erishdik. Xususan, Ispaniyadagi yig‘inda Braziliya, Dominikan Respublikasi va Gibraltarga qarshi uchrashuvlar o‘tkazdik.

Keyinchalik reja asosida jismoniy tayyorgarlik, taktik ishlanmalar bo‘yicha ish olib bordik.

JCH tashkilotchiligi haqida:
Tashkilotchilik haqida ijobiy fikrdaman. Biz turgan shaharcha biroz kichikroq, lekin eng asosiysi maydonlarning holati yaxshi.

Tarkib haqida:
Turdimurodovni yangi deb bo‘lmaydi, u ko‘plab yig‘inlarimizda ishtirok etgan. Ayni paytda u o‘zining yaxshi formasida. Hujum chizig‘ini kuchaytirish maqsadida uni jalb etganmiz. Avvalgi yig‘inlarda barcha futbolchilarga imkoniyat berildi, kim o‘zini yaxshi ko‘rsatgan bo‘lsa, o‘shani tarkibga kiritdik.

Argentina haqida:
Argentina bilan o‘tgan yili ham o‘ynaganmiz. Ularni so‘nggi o‘yinlarini tahlil qildik, kuchli va kuchsiz tomonlarini o‘rgandik va shunga yarasha tayyorgarlik olib bormoqdamiz.

Kuchli raqib, nom yuzasidan hech qanday bosim yo‘q. Chunki biz nafaqat Argentina, balki Urugvay, Braziliya ham bilan o‘ynab, yetarlicha tajriba to‘pladik. Shu o‘rinda tayyorgarlik jarayonida kuchli raqiblar bilan o‘yinlar tashkil etgani uchun rahbariyatga va xalqaro aloqalar bo‘limi mutaxassislariga minnatdorchilik bildiraman.

Jamoa oldiga qo‘yilgan maqsad haqida:
Avval ham Jahon chempionatlarida ishtirok etganmiz. Shu sababli oldimizga oliy maqsadni qo‘yganmiz, qolaversa, avvalgi ishtiroklarimizdagi natijalarimizni yaxshilashni ham maqsad qilganmiz. Bolalarning ishtiyoqi baland, ularda o‘zlariga nisbatan ishonch bor. O‘ylaymanki, Jahon chempionatiga tayyormiz.

Biz hozir olisdamiz, shu sababli muxlislarimizning qo‘llab-quvvatlashlariga ehtiyoj sezamiz. Xalqimiz oynayi jahon orqali bizni ko‘rib turganini albatta his qilamiz, ularning duolari biz uchun muhim.

Kiritildi: 05:44, 20.05.2023.
O'qildi: 9371 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик