Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/11 16:00 Neftchi 2-0 Nasaf
22/11 18:15 Qizilqum 1-5 Navbahor
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik 0-0 Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon - Dinamo
23/11 17:30 Lester - Chelsi
23/11 18:00 Valensiya - Betis
23/11 19:00 Verona - Inter
23/11 20:00 Bornmut - Brayton
23/11 20:00 Arsenal - Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa - Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton - Brentford
23/11 20:00 Fulhem - Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko - Alaves
23/11 22:00 Milan - Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti - Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas - Malyorka
23/11 22:30 Jirona - Espanyol
24/11 00:45 Parma - Atalanta
24/11 01:00 Selta - Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid

O‘zbekiston U-20 terma jamoasi Koreys matbuoti e’tiborida: «O‘zbekiston Osiyoda rivojlanayotgan kuchga aylandi!»

O‘zbekiston U-20 terma jamoasi Koreys matbuoti e’tiborida: «O‘zbekiston Osiyoda rivojlanayotgan kuchga aylandi!»

Baho:
+ | -

Yaqinda 20 yoshlilar o‘rtasida Osiyo chempioni bo‘lgan terma jamoamiz nafaqat Osiyo, balki jahon futbol muxlis va mutaxassislari e’tirofiga sazovor bo‘lishdi. Bugun Jahon chempionati mezboni Argentina U-20 termasiga qarshi dastlabki o‘yinda ishtirok etadigan yoshlarimizning imkoniyati Janubiy Koreya matbuotida sport jurnalistlari tomonidan tahlil qilindi.

Janubiy Koreyaning mash’hur naver.com saytida «O‘zbekiston Osiyoda rivojlanayotgan kuchga aylandi!» deb nomlangan maqoladan e’tiborli tahlillarni keltirib o‘tamiz.

“O‘zbekiston U-20 terma jamoasi Koreyani ortda qoldirib, Osiyo chempioniga aylandi va ushbu yosh doirasida O‘zbekiston tarixda ilk bor chempionlik kubogini ko‘tardi. Murabbiy Ravshan Haydarov boshchiligidagi terma jamoa chorak finalda Avstraliyani mag‘lub etib, yarim finalga yo‘l oldi va 2023 yilgi FIFA U-20 Jahon chempionatiga muddatidan oldin yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Shundan so‘ng O‘zbekiston yarim final va final bahslarida navbatma-navbat Koreya va Iroq terma jamoalarini mag‘lub etib, tarixda ilk bor qit’a chempioni bo‘lish zavqidan bahramand bo‘ldi.

O‘zbekiston U-20 terma jamoasi bu gal 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi jahon chempionatida chorak finalga chiqish bo‘yicha o‘zining eng yaxshi ko‘rsatkichidan (2013, 2015) o‘tib, yangi tarix yozish irodasini namoyon etmoqchi.

Murabbiy Ravshan Haydarov haqida

Haydarov O‘zbekiston O‘zbekiston futboliga katta hissa qo‘shgan insondir. 2018-yilda O‘zbekiston U-23 terma jamoasi bilan U-23 Osiyo chempionatida g‘alaba qozonib, O‘zbekiston futboli tarixida iz qoldirdi. Bu yil esa U-20 terma jamoasini boshqarib, yana bir bor yangi tarix yozdi.

Haydarov 3-4-3 sxemasidan foydalanadi, jamoa to‘pga ega bo‘lganda chiziqlarni mustahkam ushlab turadi. Bu holatda to‘p yo‘qotilgan taqdirda ham tezda qayta pressing orqali hujum qilish imkonini qaytarish mumkin. Ushbu taktika O‘zbekistonga 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo Kubogida to‘qnash kelgan 7 jamoadan  6 tasi ustidan ishonchli ustunlikni taqdim etdi. Shuningdek, raqib jamoa ustun ko‘rinsa, 4-2-3-1 yoki mustahkam 5-4-1 sxemasiga o‘tadi. Bu taktikalar O‘zbekistonga U-20 Osiyo kubogida beshta o‘yinda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qolish imkonini berdi.

O‘zbekistonning asosiy futbolchilaridan biri — Abduqodir Husanov

 O‘zbekistonning temir panjara bilan qoplangan himoya chizig‘ini markaziy himoyachi Husanov qo‘riqlaydi. Husanov hozirda Belarus Premyer-ligasiga o‘tdi va Minskning «Energetik-BGU» jamoasida o‘ynamoqda. U ikkala oyog‘ida ham yaxshi o‘ynaydi. Qolaversa, u to‘pni o‘zida ushlab turish qobiliyatiga ega va murabbiy Haydarovning doimiy o‘zgaruvchan taktikasiga mos futbolchi. Husanov kuchli va tezkor himoya chizig‘ini mustahkam qo‘riqalab, yon himoyada ham samarali ishtirok eta oladi. Husanov U-20 Jahon chempionatida ham muhim rol o‘ynashi kutilmoqda.

Ko‘p qirrali hujumchi — Fayzullayev

O‘zbekiston termasi hujum chizig‘ida mas’ul o‘yinchi - serqirra hujumchi Fayzullayevdir. Fayzullayev murabbiy Ravshan Haydarovning 3 ta asosiy taktikasida «o‘q» vazifasini bajaradi. Fayzullayev U-20 Osiyo kubogida ilk bor O‘zbekiston terma jamoasi libosini kiydi. Suriya darvozasiga bitta gol va bitta golli uzatma yozdirib, turnirda yorqin taassurot qoldirdi. U o‘z jamoasida ham ajoyib o‘yin ko‘rsatmoqda. 8 yil muqaddam 2015 yilgi FIFA U-20 Jahon chempionatida «Paxtakor»da porlagan Dostonbek Hamdamov xalqaro maydonlarda ko‘zga ko‘ringan bo‘lsa, bu yil yangi yulduz Fayzullayev kashf bo‘ldi”.

Rahmiddin Shermatov
Janubiy Koreya, Tegu shahri

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 20:45, 20.05.2023.
O'qildi: 11602 marta.
Fikrlar: 14 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.